Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Arteta uchun so‘ngi imkoniyat

Arteta uchun so‘ngi imkoniyat

Baho:
+1 | -

"Arsenal" bosh murabbiyi 2021-22 yilgi mavsumda ishdan ketgan birinchi Premyer-liga murabbiyi bo‘lishi mumkin.

Yozgi mavsumlar oralig‘ida "kanonirlar" tarkibni kuchaytirish uchun allaqachon 140 million funt sarflashgan, bu Premyer-ligadagi har qanday jamoa uchun rekord ko‘rsatkich.

Katta mablag‘ sarflanganiga qaramay, "Arsenal" mavsum boshida ikkita marta mag‘lub bo‘ldi. London klubi "Brentford" va "Chelsi"ga bir xil 0:2 hisobidan mag‘lub bo‘ldi.

The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, "kanonirlar" rahbariyati Artetaga ishonishda davom etmoqda va hozircha murabbiyni ishdan bo‘shatmoqchi emas. Klub mutaxassisga yana imkoniyat berishga tayyor.

Manbaning ta’kidlashicha, vaziyatni to‘g‘irlash uchun ispaniyalik mutaxassis Premyer -ligada beshta uchrashuv o‘tkazadi. Allaqachon shu dam olish kunlarida "kanonirlar" "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushishadi va shundan so‘ng jamoalar terma jamoalar bilan bog‘liq tanaffusga chiqadi.

Tanaffusdan qaygach, "Arsenal" "Norvich", "Byornli", "Tottenxem" va "Brayton"ga qarshi o‘ynaydi va bu uchrashuvlar Artetaning kelajagi uchun hal qiluvchi bahslar bo‘ladi. Shunday qilib, 39 yoshli mutaxassisga vaziyatni to‘g‘irlash uchun oktyabrgacha vaqt beriladi.

Kiritildi: 17:30, 25.08.2021.
O'qildi: 3349 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик