Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

Baxtiyor Ashurmatov: «Bugungi o‘yin 17:00ga qo‘yilganidan ko‘ra, muxlislarimiz o‘yinni jonli ko‘ra olishmaganidan afsusdaman»

Baxtiyor Ashurmatov: «Bugungi o‘yin 17:00ga qo‘yilganidan ko‘ra, muxlislarimiz o‘yinni jonli ko‘ra olishmaganidan afsusdaman»

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superligasi 16-tur doirasidagi "Qo‘qon-1912" – "Surxon" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.
 
"Avvalambor, O‘zbekiston xalqini, futbol muxlislarini, barcha vatandoshlarimizni mustaqiligimizning 30 yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, farovon bo‘lishini, muxlislarning sevimli jamaoalari doimo g‘alaba qozonishini tilayman. Baxtimizga ishqibozlarimizni sog‘-salomat bo‘lishsin.

Bugungi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, ikkinchi davrada “Surxon” jangovar o‘yin namoyish etayotgandi, Bahrom Haydarov raqobatbardosh jamoa shakllantirayotgandi, termizliklarning so‘nggi uchta o‘yinda g‘alaba qozongani bizni xavotirga solayotgan edi. Buning ustiga o‘z maydonimizda yuta olmayotganimiz uchun bizda bosim bor edi. Qo‘qon azaldan o‘z maydonida jangovor o‘yin namoyish etib keladi. Afsuski, bu yil biroz noxush an’anaga duch keldik. Bugungi g‘alaba ham osonlikcha kelgani yo‘q. Murod Xolmuhamedovda jarohat bor edi. Bugun ham jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Lukich ham bugun jarohat oldi. “Surxon” ham oxirigacha kurashdi. Yigitlarga bugungi jangovor o‘yinlari uchun, o‘z sog‘liklarini tavakkal qilib maydonda borlarini berganliklari uchun, eng asosiysi bugungi g‘alaba uchun murabbiylar shtabi va klub rahbarlari nomidan minnatdorchilik bildiraman. Barchani bu yilgi o‘z maydonimizdagi birinchi g‘alaba bilan tabriklayman.

Bugun ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldik. 2:0 hisobida oldinda borayotgan bo‘lsak ham Suhrob Berdiyev, Mo‘min Meliyev va Asadbek Sobirjonovda yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Biz ham xohlaymiz jamoamiz ko‘proq gol urishni. Lekin har bir uchrashuvda ikkitadan bo‘lsa ham gol urib turishsa xursand bo‘lamiz. Eng asosiysi, vaziyatlarning borligi.

Gapni ochig‘i, chempionatdagi 15 kunlik tanaffus barcha jamoa uchun bir xil bo‘ladi. FIFA kunlari bo‘lishini oldindan hamma bilardi. Bu tayyorgarlik ko‘rishimizga ta’sir o‘tkazmaydi. Bayram munosabati bilan futbolchilarga to‘rt kunlik ta’til beriladi. Keyin Toshkent shahrida “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Oraliqda bitta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bu yil jarohatlar girdobida qolib ketyapmiz. Yetakchilarimiz kutilmaganda safdan chiqishmoqda. Kecha o‘rinbosarlarga o‘yinchi bera olmadik. Yoshlarimiz ham yomon to‘p surishayotgani yo‘q. Aziz To‘xtaboyev U18 jamoamizdan futbolchilar oldi va bu to‘g‘ri yo‘l deb bilaman. Yoshlar tarkibida maydonga tushayotgan asosiy tarkibdagi futbolchilarimizdan e’tirozim yo‘q. Ular jamoaga yordam berishmoqda.

Gapni ochig‘i, bugungi o‘yin 17:00ga qo‘yilganidan ko‘ra, muxlislarimiz o‘yinni jonli ko‘ra olishmaganidan afsusdaman. Umid qilamanki, keyingi bahslarda vaziyat o‘zgaradi va muxlislar yana stadionga kelishni boshlashadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham sabab izlamaslik kerak. Bugun hamma jamoa bir xil sharoitda edi. Natijani ob-havo bilan bog‘lamaslik lozim. “Surxon”ga keyingi bahslarda omad tilab qolaman", — dedi Ashurmatov.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 07:25, 26.08.2021.
O'qildi: 1584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.