Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Ronaldu «Yuve»ga ketmoqchi ekanligini aytdi. Mendesh unga yangi jamoa topish harakatida

Ronaldu «Yuve»ga ketmoqchi ekanligini aytdi. Mendesh unga yangi jamoa topish harakatida

Baho:
+ | -

“Citi” - PSJ uchrashuvi Chempionlar ligasida Ronaldu va Messi o‘rtasidagi yangi uchrashuvi bo‘lishi mumkin.

Yevropadagi transfer oynasining oxirgi haftasi bizga baribir Ronalduning “Yuventus”ni tark etishi mumkinligi haqida bong ura boshladi. La Gazette dello Sport xabariga ko‘ra, Krishtianu ketish arafasida. A Seriyaning birinchi turida u zaxirada qoldi (zaxiradan maydonga tushdi, gol urdi, lekin gol bekor qilindi), u ataylab zaxirada qoldi.

“Hech nima bo‘lmagan joyda sensasiya yaratmaslik kerak. Bu qaror futbolchi bilan birgalikda qabul qilingan. Shubhasiz, mavsum boshida u eng yaxshi formada emas. Ishonch bilan ayta olamanki, u bu mavsumda “Yuventus”da qoladi“, – degan edi vise-prezident Pavel Nedved.

Fabrisio Romano payshanba kuni kechqurun Krishtianuning “Yuve”ga ketishi haqida rasman xabar berganini e’lon qildi va Janluka di Marsio Ronaldu o‘z narsalarini klub bazasidan olib chiqib ketganini qo‘shimcha qildi.

Mendesh va “Yuve“ o‘rtasidagi uchrashuv

Chorshanba kuni Krishtianuning agenti Xorxe Mendesh shaxsiy samolyoti bilan Turinga uchib keldi. Transferlar “qiroli” avval Ronaldu bilan uchrashib, keyib klub rasmiylari bilan suhbatlashgan.

• Krishtianuga asosiy da’vogar – “Manchester Siti“. Gvardiola Harri Keyn haqidagi orzularidan voz kechdi va bittagina sof hujumchi Gabriyel Jezus bilan qoldi. Shuning uchun, Pep va shayxlar zaxira rejasiga o‘tdilar va boshqa hujumchini qidirmoqdalar, keyin Krishtianu transfer bozorida paydo bo‘ldi. Chalkashlik shundaki, Ronalduni Keyn kabi markaziy hujumchi deb atash mumkin emas, lekin, ehtimol, superyulduz markaziy hujumda o‘zini sinab ko‘rar.

• La Gazette dello Sport yozishicha, Krishtianuning o‘ziga “Man Siti” varianti ma’qul bo‘lgan, lekin pul masalasini hal qilishi kerak. “Yuventus” Ronaldu uchun 25 million yevro so‘ramoqda, “Siti” esa superyulduzni tekinga olmoqchi. Tasavvur qilib ko‘ring Ronaldu 25 million yevro!

• Ronaldu va “Siti” o‘rtasidagi dastlabki muzokaralar muammosiz o‘tdi. Sky Sports Italia xabar berishicha, ingliz klubi portugaliyalikka 2023 yilgacha shartnoma va mavsum uchun 15 million yevro maosh taklif qilgan - bu Ronalduning “Yuve”da oladigan pulidan 2 barobar kam. As nashrining yozishicha, Ronaldu bunga rozi.

• Ronalduni “Siti” futbolchilaridan biriga almashtirish varianti muhokama qilindi, lekin bu qiyin variant edi. Variantlardan biri o‘sha Gabriyel Jesus, lekin Pep hujumchini Krishtianu uchun kelishuvga qo‘shishni istamaydi.

• Krishtianu uchun “Manchester Siti” yagona variant emas. Ronalduning transferini hatto PSJ xo‘jayinining akasi ham xohlamoqda. U rasmni Messi va Krish parijliklar formasidagi rasmni ijtimoiy tarmoq joylashtirgan va izohiga “Balki ?”, deya yozib qoldirgan.

Kecha kechasi Xorxe Mendesh Parijga uchib ketganini jurnalistlar e’lon qildi. Ammo parijliklar rahbariyati bu variant ko‘rib chiqilmayotganini aytishdi.
“Real”ga qaytishni faraz qilish mumkin, lekin Marca va As yozishicha, Florentino Peresning ustuvor vazifasi Kilian Mbappe.

Mendes va “Yuve” uchrashuvidan keyin nima bo‘ldi ?

Agent Turinda 18 soatdan ko‘p bo‘lmagan. Payshanba kuni tushdan keyin u barcha uchrashuvlarni tugatdi va hech narsaga erishmadi, lekin mijozning iltimosini bajarish kerak edi. (Yuvedan ketish).

• Asosiysi: “Yuve” futbolchini 25 millionga qo‘yib yuborishini aniq aytdi, lekin faqat bitta holatda: agar payshanba kuni kechqurun aniq xaridor topilsagina. Turinliklarga ham o‘rinbosar topish uchun vaqt kerak. Shunday qilib, Mendesning keyingi bir necha soatlik vazifasi 25 million yevroga xaridor topish.

• Agar Mendesh hech qaysi klub bilan belgilangan muddatgacha kelishuvga erishmasa, Ronaldu “Yuve”da qoladi.

• Ronalduning o‘zida esa ketish kayfiyatini kuzatish mumkin. U kechagi mashg‘ulotlarni yakunlamasdan klub bazasini tark etgan.

Ruslan Maksimov tayyorladi

Kiritildi: 14:15, 27.08.2021.
O'qildi: 5073 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.