Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Tokio-2020. Kunni bronza medali bilan boshladik

Tokio-2020. Kunni bronza medali bilan boshladik

Baho:
+ | -

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarining navbatdagi kuniga ham start berildi. Ushbu kun dasturida hamyurtimiz Elbek Sultonov kunning birinchi xushxabarini keltirdi.

Para-engil atletikaning F12 toifasida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Sultonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Uning dastlabki urinishda qayd etgan 15.94 metr natijasi yakunda shohsupaga ko‘tarilishiga zamin yaratdi.

Ta’kidlash joiz, bu Sultonov uchun yangi shaxsiy natija bo‘ldi. G‘oliblik jahon rekordini o‘rnatgan ispaniyalik Kim Lopesga (17.04) nasib etgan bo‘lsa, ukrainalik Roman Danilyuk (16.53) kumush medalga ega chiqdi.

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari.
Erkaklar, yadro uloqtirish F12 toifasi

1. Kim Lopes (Ispaniya) – 17.04 metr.
2. Roman Danilyuk (Ukraina) – 16.53
3. Elbek Sultonov (O‘zbekiston) – 15.94

Shu tariqa, delegasiyamizning qo‘lga kiritgan medallari soni 1 tadan oltin va kumush hamda 2 ta bronzani tashkil etmoqda. Bugun ishtirok etadigan boshqa vakillarimizga ham chiroyli g‘alabalar tilab qolamiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 06:40, 28.08.2021.
O'qildi: 2539 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик