Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

O‘smirlar terma jamoamiz Gruziyaga imkoniyatni boy berdi

O‘smirlar terma jamoamiz Gruziyaga imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi “Viktor Bannikov” xalqaro turnirida Gruziyaga qarshi bahs olib bordi.

O‘yinning 9-daqiqasida Giorgi Parkinashvili gol urib, jamoasi hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib Aleko Basiladze, 21-daqiqada esa Gabriyel Sigua hisobni mustahkamladi 0:3. Birinchi bo‘limning oxiriga kelib Muhammadali O‘rinboyev oradagi farqni qisqartirdi.

Uchrashuvning 59-daqiqasida Saba Kharchilava o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Shundan keyin O‘rinboyev uchrashuvdagi 2-golini kiritdi, 3:3. Biroq uchrashuvning so‘nggi soniyalarida Lasha Gadila tomonidan kiritilgan gol gruziyaliklarga g‘alabani taqdim qildi.

“Viktor Bannikov” xalqaro xotira turniri
«B» guruhi | 2-tur
O‘zbekiston - Gruziya - 3:4
Gollar: Giorgi Parkinashvili 9ʼ, Aleko Basiladze 11ʼ, Gabriyel Sigua 21ʼ, Muhammadali O‘rinboyev 45+1ʼ, Saba Kharchilava 59ʼ (avtogol), Muhammadali O‘rinboyev 71ʼ, Lasha Gadilia 90+3.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 10:09, 28.08.2021.
O'qildi: 1752 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик