Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Diyor Imomxo‘jayev Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning RPL klubiga o‘tishi borasida fikr bildirdi

Diyor Imomxo‘jayev Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning RPL klubiga o‘tishi borasida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning "Nijniy Novgorod" bilan shartnoma tuzishi masalasida ba’zi jihatlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman.

Birinchi galda Yo‘ldoshev bu borada Eldor Shomurodov bilan gaplashganini aytdi. Ya’ni, himoyachiga "Jenoa"dan ham taklif bo‘lgan. Ammo Eldor Ibrohimxalilga birinchi navbatda Rossiyada o‘zini ko‘rsatishni maslahat bergan. Chunki Eldorning o‘zi avvaliga Karpin orqali "Rostov"da katta tajriba to‘pladi va bu uning A seriyada yo‘qolib qolmasligida muhim omil bo‘ldi.

Ikkinchi galda Yo‘ldoshev ko‘rinishidan unga o‘yin amaliyoti berishi mumkin bo‘lgan klubga yo‘l oldi. Aytaylik, nisbatan obro‘liroq bo‘lgan "Spartak" Oston O‘runovga, "Lokomotiv" Jasur Jaloliddinovga qimmatga tushdi. "Rostov", "Ufa", "Nijniy Novgorod" singari klublar esa bizning futbolchilar tajriba to‘plashi uchun yaxshi variant. Raqiblar o‘sha-o‘sha: "Spartak", "Lokomotiv", "Zenit", SSKA va hokazo bo‘lib qolaveradi. Bu juda katta maktab.

Ibrohimxalil kechaning o‘zidayoq Rossiyada debyut qildi. Aleksandr Kerjakov himoyachini "Ximki"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibga kiritdi va unga 70 daqiqa o‘ynash imkoniyatini berdi. Agar Ibrohimxalilning intervyusini o‘qigan bo‘lsangiz, u Kerjakov bilan telefon orqali gaplashganidan keyingina hech bir shubhasiz shartnomaga imzo chekishga rozi bo‘lganini aytgan. Ko‘rinishidan, Kerjakov futbolchimizga ishonishi va unga o‘ynash imkoniyatini taqdim etishini sha’ma qilgan.

Yana bir muhim jihat shuki, bugun Rossiyaning o‘rtamiyona klublari Oston, Eldor, Odil Ahmedov kabi futbolchilar fonida O‘zbekiston iqtidorlarga boy ekanini tan olyapti va ularni qo‘lga kiritib, Yevropaga sotish orqali pul qilish mumkinligini tushunib yetishyapti. Yevropa uchun Belarus, Ukraina ikkilamchi, Rossiya biz uchun hozircha birlamchi ko‘prik, buni tan olishimiz kerak.

Va nihoyat eng muhim jihat – Kerjakov rossiyalik futbolchilar orasida haqiqiy Yevropani ko‘rgan kam sonli o‘yinchilar sirasiga kiradi. Bu esa Ibrohimxalilning o‘sishiga katta turtki bo‘ladi deb o‘ylayman. Eldor ham bejizga Karpindan qarzdorman, demaydi. Aynan Karpin unga Yevropa sari yo‘lni ko‘rsatdi. Chunki uning o‘zi uzoq yillar Ispaniyada to‘p surgan va bu yo‘lni hammadan yaxshi biladi. Futbolchiga aniq va konkret yo‘l ko‘rsata oladi. Kichikroq bo‘lsa-da, Kerjakovda ham bunday tajriba bor. U o‘z vaqtida "Sevilya" sharafini himoya qilgan, bir vaqt Shveysariyada to‘p surgan. Tabiiyki, bundan bizning futbolchimiz ham yutishi katta ehtimol. Chunki Ibrohimxalil ham Eldor singari Rossiyaning o‘zida qolib ketmoqchi emas. Unda Eldordan-da ustunroq jihat bor, bu uning yoshi. 2001 yilda tug‘ilgan talant uchun Yevropada taklif yetarlicha, faqatgina buning uchun Yo‘ldoshev Rossiyada yo‘qolib qolmasligi va katta o‘sishga erishishi kerak. Bu esa oson bo‘lmagan vazifa. Ammo futbolchini shaxsan taniganim uchun aytishim kerakki, u kurashuvchan yigit va Rossiyadek jismoniy zo‘riqishi katta futbolda yakkakurashlardan qo‘rqadigan futbolchi emas.   

Ha, aytgancha, "Paxtakor" Ibrohimxalilni tarbiya qilgan va buning uchun birinchi to‘lovni qabul qilib oladi. Va Paxtakor ham umid qilyaptiki, ertaga ruslar futbolchimizni Yevropaga pullashga harakat qilishadi. FIFA belgilab bergan birdamlik mexanizmi tushunchaki borki, futbolchining har bir transferi "Paxtakor"ga foyda keltiraveradi. Buni qolgan klublarimiz ham tushunib yetishlari va o‘rnak olishlari kerak.

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:35, 28.08.2021.
O'qildi: 3625 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик