Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Temurxo‘ja Abduxoliqov: «Odamlar penaltidan gol urish oson deb o‘ylashadi»

Temurxo‘ja Abduxoliqov: «Odamlar penaltidan gol urish oson deb o‘ylashadi»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov Superliganing 13-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Turon"ga qarshi bahsda (3:1) ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Forvard klub matbuot xizmatiga intervyu berib, mazkur bahs haqida to‘xtalib o‘tdi.

— Bu uchrashuvni yutishimiz shart edi. Birinchi bo‘lim fors-major bo‘ldi, ishlarimiz o‘xshamadi. Uchrashuvning borishini o‘zgartira oldik va uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Bunga qadar ketma-ket o‘yinlarda g‘alabaga erisha olmayotgandik. Turnir jadvalidagi holatni yaxshilash uchun yutishimiz shart edi. Shu tarzda o‘ynab, g‘alabalarni qo‘lga kiritish uchun harakat qilamiz.

— Muxlislar tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildingiz. Bu qanchalik darajada yoqimli?
— Individual olqishlar doimo yoqimli. Ammo futbol jamoaviy o‘yin. Bu o‘yinni bir o‘zim yutmadim. Bu yerda men ikkinchi plandagi aktyor sifatida «Oskar» oldim. Agarda uch ochko olmasdan, eng yaxshi futbolchi bo‘lganimda bu yerda intervyu bermagan bo‘lardim. Shu boisdan aytishim mumkinki, uch ochko har qanday individual sovrindan muhim.

— Birinchi penaltini siz amalga oshirdingiz va hisobni tenglashtirdingiz. Ikkinchi penaltini nima uchun Aziz Amonov tepdi?
— Umuman olganda, penaltini tepishni istagandim. Aziz keldi va o‘zi ishlagan penaltisini tepishni so‘radi. Odamlar penaltidan gol urish oson deb o‘ylashadi. Biroq hozirda darvozabonlar anchagina saviyali va kuchli. O‘yin davomida jamoadoshlarim mendan penaltini so‘rashsa, inkor qilmayman.

— Birinchi bo‘limda jamoaga og‘ir bo‘ldi. Ikkinchi taymda esa xuddi boshqa jamoa maydonga tushgandek. Tanaffusda kiyim almashtirish xonasida qanday gaplar bo‘ldi?
— Murabbiy barchaning e’tiborini jamlab, ikkinchi bo‘lim uchun qanday taktika bo‘lishini aytib o‘tdi. Qayerda tartibli, qayerda zich o‘ynash kerakligini tushuntirdi. To‘g‘risini aytganda, Miakel Sekeyra raqiblarni taktik tomonlama mag‘lub etdi. Uning ko‘rsatmalari orqali g‘alabaga erishdik.

— Muxlislarga tilaklaringiz.
— Albatta, ularga omad va salomatlik tilayman. Muxlislarni stadionda ko‘rish doimo yoqimli. Ular ham stadionlarga qaytib, o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlaydigan vaqt keladi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 06:43, 29.08.2021.
O'qildi: 4410 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик