Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Yoshlar Olimpiya o‘yinlariga asos solgan XOQning sobiq prezidenti dunyodan ko‘z yumdi

Yoshlar Olimpiya o‘yinlariga asos solgan XOQning sobiq prezidenti dunyodan ko‘z yumdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

2001-2013 yillar davomida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasini boshqargan taniqli inson Jak Rogge 79 yoshida vafot etdi.

Jak Rogge 1942 yil Beliyada tug‘ilgan. U 1991 yil XOQ a’zosi, 1998 yil esa xalqaro qo‘mitaning Ijrochi direktori lavozimida ishladi. 2001 yil Moskvada bo‘lib o‘tgan XOQning 112-Sessiyasida mazkur tashkilot prezidenti etib saylangan edi.

Bu inson faoliyati davomida, ayniqsa, dopingga qarshi kurash va yoshlar sportini qo‘llab-quvvatlashi bilan yodda qoldi. Aynan uning boshqaruv davrida yoshlar Olimpiya o‘yinlariga asos solindi.

XOQning ushbu sobiq rahbari atletlik davri davomida yelkanli sport bilan shug‘ullangan. Faoliyatida 16 bor Belgiya chempioni, jahon chempioni bo‘lib, 3 bor Olimpiya o‘yinlarida (1968, 1972, 1976) ishtirok etgan.

Manba: @OlympicUz
Kiritildi: 10:16, 30.08.2021.
O'qildi: 1483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.