Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/06 00:00 Albaniya 0-1 Ispaniya
25/06 00:00 Xorvatiya 1-1 Italiya
25/06 03:00 Kolumbiya 2-1 Paragvay
25/06 06:00 Braziliya 0-0 Kosta-Rika
25/06 20:00 Olimpik 2-0 Surxon
25/06 21:00 Fransiya 1-1 Polsha
25/06 21:00 Niderlandiya 2-3 Avstriya
26/06 00:00 Angliya 0-0 Sloveniya
26/06 00:00 Daniya 0-0 Serbiya
26/06 03:00 Peru 0-1 Kanada
26/06 06:00 Chili 0-1 Argentina
26/06 20:00 Andijon - Navbahor
26/06 20:00 Metallurg - Nasaf
26/06 21:00 Slovakiya 1-1 Ruminiya
26/06 21:00 Ukraina - Belgiya
27/06 00:00 Chexiya - Turkiya
27/06 00:00 Gruziya - Portugaliya
27/06 03:00 Ekvador - Yamayka
27/06 06:00 Venesuela - Meksika
27/06 20:00 Neftchi - Lokomotiv
27/06 20:00 Paxtakor - Bunyodkor

Ikki tomonlama xato qaror. Antuanning o‘yini nega "Barselona"ga mos emas

Ikki tomonlama xato qaror. Antuanning o‘yini nega "Barselona"ga mos emas

Baho:
+ | -

Yozgi transferlar oynasida "Barselona" klubi yaxshi haridlar bilan bir qatorda bir qator katta nomlarni ham yo‘qotdi. Lionel Messi ortidan Antuan Grizmann ham "ko‘k-anorranglilar"ni tark etdi. O‘z yulduzlaridan ayrilib qolgan Kataloniya klubini qanday qismat kutmoqda? Bartameu o‘rniga kelgan Laporta ham g‘alati qarorlar chiqarib, klub muhitini buzmoqdami? Messi ketgach bu kabi fikrlar ko‘payib qoldi. Grizzi ketgach esa yana shu kabi gaplar quloqqa chalindi. Menimcha, Antuannining ketishiga Laportaning daxli yo‘q. Hamma ayb fransuzning o‘zida.

Grizmannning ketishi nima sabab bo‘ldi?

Messini ketishi sabablarini ancha yaxshi tushundik. Ha, bu voqea futbolga qiziqqan har bir shahs uchun ayon bo‘lib ulgurdi. Unda na Laportaning va na Messining aybi bor. O‘zgartirib bo‘lmas ayrim narsalar bor, axir. Xo‘p, Grizmann nega jamoani tark etdi? Men ayta olamanki Antuan o‘z o‘yini bilan hech qanaqasiga "Barselona"ni kuchaytira olmadi. U ketishida aybor faqat va faqat uning o‘zi. 120 million yevrolik transfer o‘zini hech qanaqasiga oqlamadi.

Antuan "Barselona"ga nima bera oldi?

2019-2020 yilda Antuan 48 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 15 ta gol va 4 ta assist yozdirib qo‘ydi. Bunday olib qarasa, u qadar yomon natija emas. Biroq u asosiy tarkib futbolchisi va "Barsa" u uchun 120 million yevro sarflagan. Bu faktorlar undan yana ham sermahsul o‘yin talab etar edi. 2020-2021 yilgi mavsus esa 51 o‘yin o‘tkazgan Antuan o‘z hisobiga 20 ta gol va 13 ta assist yozdirib qo‘ydi. Ha, o‘zgarish bor. O‘sish bor. Biroq bu o‘zgarish uning jamoadagi o‘rniga aytarli ta’sir o‘tkaza olmadi. U hamon "omadsiz transfer". Ikki yil "ko‘k-anorranglilar" safida muvaffaqitsiz o‘yinlaridan so‘ng u yana o‘sha yulduzli onlari o‘tgan "Atletiko"ga quruq qo‘l va shuvut yuz bilan qaytmoqda.

Ikki tomonlama xato qaror

Antuan 120 million yevro evaziga harid qilindi. "Tushunmadim, "Barselona" aqldan ozdimi", -  degan edim men bu transfer amalga oshirilgan paytda. U Kataloniya klubining futboliga umuman mos futbolchi emas edi. Unda dribling deyarli yo‘q. Bundan tashqari u Suares, Leva, Benzemalar kabi sof to‘qqizlik hujumchi ham emas. "Atletiko"ning himoyaviy o‘yini ta’sirida yetilgan Antuanning qanotlarda, hujum markazida, yarimhimoyada va kerak bo‘lsa himoyada o‘ynashdan oz-moz xabari bor edi. Umuman olganda u "matraschilar" safida maydon bo‘ylab erkin harakat qiluvchi lider edi. Grizzi goh assistent, goh hujumni yakunlovchi va ba’zan hujumni boshlab beruvchi futbolchi rolida harakatlanar edi. "Barselona"da hamma o‘z ishini juda yaxshi bajaradi va har bir futbolchining klubda aniq bir vazifasi mavjud. Sen hujumchimisan, unda gol urishing kerak. Vinger bo‘lsang, qanotlardan yorib kirib, hujumchini gol bilan ta’minlashing yoki o‘zing gol urishing lozim. To‘qqizlik hujumchilar maydonda odatda kamnamo bo‘lishadi. Ularga to‘p yetib kelgan paytda, hayoli faqat darvozada bo‘lishi kerak. Antuan shu vazifani bajarganda u bu yerda o‘ynab keta olar edi. Ammo u o‘zini qayerda o‘ynashi borasida bir qarorga kela olmadi. Qo‘pol qilib aytganda hech narsani qoyillata olmadi. Futbolchining o‘z pozisiyasini xadeb o‘zgartiraverishi yaxshi emas. Buni misolini aynan Grizmannda ko‘rishimiz mumkin.

Bu ham yordam bermadi

Messi ketdi, endi Grizmann yaxshi o‘ynab ketadi. Biroq bu ham yordam bermadi. U La Liganing ilk 3-turida gol ham assist ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ya olmadi. Bundan tashqari, u maydonda deyarli ko‘rinmay, paslarda xato qilib, tinmay to‘pni oldirib qo‘yaverdi. Nima ham deymiz, o‘sha-o‘sha Grizmann. Taqqoslaydigan bo‘lsak, Koutinyo va Dembele kabi futbolchilar undan ham qimmat summaga "ko‘k-anorranglilar" safiga kelib qo‘shilgan. Lekin ularning muammoasi - ko‘proq jarohat. Dembele ham Filippe ham kuchli texnika sohiblari va yaxshi formada bo‘lgan payti ular ko‘p ishga qodir. Biroq Antuan qanday formmada bo‘lsa ham, kutilgandek o‘yin ko‘rsata olmadi. 

Bu fikrlar albatta, o‘zimning shahsiy fikrim. Har kim uning omadsizligini turlicha talqin qilishi mumkin. O‘ylaymanki, mening variantim ancha haqiqatga yaqin. Agar, Grizzining ashaddiy muxlislari buni o‘qib, meni haqorat qilishsa ham hafa bo‘lmayman. Chunki, haqiqat shunaqa achchiq bo‘ladi. Balki, u "Atletiko"da yana o‘z o‘yinini topib ketar. Axir, bu klubda uning omadsizliklari "Barselona"dagi kabi fojia hisoblanmaydi. Muvaffaqiyatlari esa osmonlarga ko‘tariladi. Xullas, har kim o‘z xaddini va qadrini bilgani maqul. U yerda Grizmanni qadrlashadi, xatto hozir ham. 

 

           

                                                            Xudayqulov KARIM maqolasi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:01, 02.09.2021.
O'qildi: 6113 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.