Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Katanes: "Biz yaxshi o‘ynadik, lekin xatolarimiz ham bo‘ldi"

Katanes: "Biz yaxshi o‘ynadik, lekin xatolarimiz ham bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari doirasida Shvesiyaga qarshi bahs olib bordi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur bahsdan keyin terma jamoamiz ustozi Srechko Katanes jurnalistlar savollariga javob berdi.

Bugungi uchrashuv va ilk taassurotlaringiz haqida nima deysiz?

Eng avvalo, Shvesiya terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi taassurotimga keladigan bo‘lsak, O‘zbekistonga kelganimga hali ko‘p bo‘lmadi. Umuman olganda, bugungi o‘yindan qoniqdim. Biz yaxshi o‘ynadik, lekin xatolarimiz ham bo‘ldi. Bu albatta normal holat. Sababi, tarkibimizda yosh o‘yinchilar ko‘p edi. O‘ylashimcha, shu bilan to‘xtab qolmaymiz. Ko‘proq ishlashimiz kerak, chunki bizni hali juda ko‘p muhim o‘yinlar kutib turibdi.

Hammamizga ma’lum, shvedlar ancha yuqori darajadagi jamoa, ular nima qilish kerakligini juda yaxshi bilishadi. Jamoada katta turnirlar tajribasi bor. Bugungi o‘yinda ham raqiblarimiz chiroyli o‘yin ko‘rsatdi. Bizga esa bu uchrashuv katta tajriba bo‘ldi.

O‘yinning dastlabki daqiqalarida markaziy himoyachilar xatoga yo‘l qo‘ydi, ularning bugungi o‘yini haqida nima deya olasiz?

Bu futbol. Hammamiz ham xato qilamiz. Himoyachilarimiz ham bundan mustasno emas. Ularga qo‘yilgan vazifa — agressivroq bo‘lish edi. Aslida, men buni hammadan talab qildim. Chunki, o‘zbek futbolchilariga bu narsa biroz yetishmaydi.

Lekin ta’kidlaganimdek, umumiy natijadan qoniqdim. Shvesiyadek jismoniy jihatdan kuchli raqibga qarshi o‘ynash oson emas.

Men natijadan vahimaga tushmayapman. Sababi, asosiy vazifamiz yoshlarga imkoniyat berib, ularni sinab olish edi, busiz iloji yo‘q, chunki biz o‘sishimiz kerak.

Eldor Suyunov bugun eng yaxshi o‘yinini o‘tkazdimi?

Bilmadim. To‘g‘risini aytsam, bu men uchun muhim emas. Ha, u bugun chiroyli seyvlar qildi.

O‘zingizga ma’lum, kuchli jamoa qurish uchun yillar kerak. Men jamoaga qo‘shilganimga esa 7 kun bo‘ldi. Umid qilaman, hamma o‘z ustida ishlaydi va to‘xtab qolmaydi. Shvesiyaga esa keyingi o‘yinda omad tilayman.

Manba: Uzbekistan Football Association
Kiritildi: 23:25, 05.09.2021.
O'qildi: 5516 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик