Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

YECHL. To‘xtashni bilmayotgan Levandovski va uning jamoasi

YECHL. To‘xtashni bilmayotgan Levandovski va uning jamoasi

Baho:
+1 | -

Yevropa Chempionlar Ligasi-2021/2022 musobaqasi bir necha kunlardan keyin boshlanadi.

Jamoalar yangi mavsumda qatnashadigan futbolchilar ro‘yxatini birin-ketin e’lon qilishmoqda. Ikki mavsum oldingi YECHL chempionlari - Myunxen klubining o‘sha mavsumdagi o‘zagi saqlanib qolgan va asosiy yulduzlar hamon tarkibda, yuqori formada harakat qilishmoqda.

Yozgi transferlar oynasida «Leypsig»ning ikki yetakchi futbolchilari - Dayo Upamekano hamda Marsel Zabiser safga qo‘shib olindi. Bundan tashqari, asosiy tarkib futbolchilari jamoadan ketishgani yo‘q. Bu Yulian Nagelsmann uchun ijobiy tomonga ishlashi kutilmoqda. Garchi klub 34 yoshli mutaxassis qo‘lostida dastlabki uchrashuvlarda qoniqarli natijalar qayd eta olmagan bo‘lsa ham.

Qaydnoma bilan tanishib oling.

Darvozabonlar: Manuel Noyer, Kristian Fruytel, Sven Ulrayx.

Darvozabonlar ichida Noyer shubhasiz «Bavariya»ning asosiy o‘yinchisi va sardori hisoblanadi. O‘zining eng gullagan davridan o‘tgan germaniyalik hozirda ham klubning bosh darvozaboni. Ulrayx va Fruytelga hurmat saqlagan holda aytish mumkinki, Noyer ulardan shu yoshida ham bir bosh ustun. Saviya va ancha yillardan beri to‘planib kelayotgan tajriba Noyerning darajasini oshirib yuboradi. Lekin, bu «Bavariya»ning eng kuchli nuqtasi emas.

Himoyachilar: Luka Ernandes, Benjamin Pavar, Omar Richards, Mark Roxa, Buna Sarr, Yosip Stanichich, Niklas Zyule, Dayo Upamekano.

«Bavariya»ning himoya chizig‘i yangi mavsum oldidan sezilarli ravishda o‘zgarganini ko‘rishimiz mumkin. Boateng va Alabalarning o‘rni yosh fulbeklar evaziga to‘ldirildi. Upamekanoning yaxshi darajadagi himoyachi ekanini, «Leypsig»dagi o‘yinlari orqali ko‘rganmiz. Yangi boshqa himoyachilar haqida esa fikr bildirishga hali erta.

Yarim himoyachilar: Mikel Kuizans, Erik Shupo-Moting, Alfonso Devis, Leon Goretska, Yosua Kimmix, Tanguy Kuassi, Marsel Zabiser, Leroy Sane, Malik Tillman, Korentin Tolisso.

«Bavariya»ning yarim himoyas chizig‘ida Devis, Sane, Kimmix, Goretska asosiy vazifani bajarishadi. Zabiser ham yaxshi qo‘shilib keta olsa, bundan jamoa faqat yutadi. Tolisso, Kuassi tayanch yarim himoyada o‘ynashadi va ko‘proq himoyachilarga ko‘maklashadi.

Hujumchilar: Kingsli Koman, Serj Gnabri, Tomas Myuller, Robert Levandovski.

Endi jamoaning eng kuchli chizig‘iga to‘xtalib o‘tamiz. Bu chiziqda o‘z ishining ustalari, tajribali professionallar jam bo‘lishgan. Levandovski hamon o‘tkazgan o‘yinlaridan ko‘ra ko‘proq gol urishda davom etmoqda, tin olmayapti. Ayni vaqtda Xoland bilan birgalikda eng yaxshi markaziy hujumchi nomzodi uchun munosib bo‘lib turgan 33 yoshli polshalik yangi mavsumda ham o‘z mahoratini yana bir bor namoyish etadiganga o‘xshamoqda.

Myuller, Gnabri va Koman... Ular ham yuqori saviyali futbolchilar va istalgan jamoa mudofaasi uchun haqiqiy bosh og‘riq bo‘la oladigan yulduzlar hisoblanishadi.

Bu mavsum Nagelsmanning «Bavariya»sidan qanday natija kutmoqdasiz?

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:19, 08.09.2021.
O'qildi: 3377 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.