Kirish Ro'yxatdan o'tish

Qafasdan chiqqan qushlar, erkin parvoz qilmoqda

Qafasdan chiqqan qushlar, erkin parvoz qilmoqda

Baho:
+ | -

Kecha Fransiya hamda Niderlandiya terma jamoalari JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazishdi. Qizig‘i bu ikki bahsda ikki futbolchi asosiy planga chiqdi. Niderlandiya safida to‘p tepayotgan Depay 3 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Fransuzlar safida esa Antuan Grizmann 2 ta golga mualliflik qildi. Bilmadim, bu futbolchilarni bog‘laydigan qanday jihat bor. Shunchaki, ularning o‘yinidagi o‘zgarishlar haqida fikrlarimni bildirib o‘tmoqchiman. 

Antuan Grizmann

Ha, u "Barselona"ni tark etganiga atigi 1 hafta bo‘ldi xolos. Yaqinda "Barselona"da maydonda tentirab yurgan yigitcha, terma jamoa libosida shu qadar mazmunli va ajoyib o‘yin ko‘rsatib tashladi, ochig‘i o‘zim hayron qoldim. Aslida, u doim Fransiya safida yaxshi o‘yinlar ko‘rsatib kelgan. Biroq u "ko‘k-anorranglilar" libosida tushgan payt "yo‘qolib qolar" edi. Bilmadim, buni nima bilan izohlash mumkin. Antuanning psixologik holati bilan bog‘liq bo‘lsa kerak, menimcha. O‘ylaymanki, u "Atletiko" safida ham u yaxshi o‘yin ko‘rsata oladi. Chunki, "matraschilar" libosida u muxlislar ishonchini qozona olgan, ya’ni u yerda Grizmanda yaxshi hotiralar bor. Kataloniya klubiga u avvaldan moslasha olmadi va tushkunlik kayfiyati to uni "Barselona"dan ketgunga qadar tark etmadi. Endi u suyukli jamoasi safida to‘p tepadi. Balki, shuni o‘ylashning o‘zi unga kechagi o‘yinda ilhomlanishiga sabab bo‘lgandir. 

Memfis Depay 

Depayda holat umuman boshqacha. U "Manchester Yunayted"da o‘zini ko‘rsata olmaganidan so‘ng, "Lion"ga yo‘l oldi. Fransiya chempionatida raqobat u qadar kuchli emas. Shu sababli, u qancha yaxshi o‘ynamasin, ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qolib ketaverdi. "Barselona" unga ishonch bildirdi. Hozircha bu klub safida 3 ta asosiy o‘yinda ishtirok etgan Memfis barchada yaxshi taassurot qoldirmoqda. Messidan so‘ng balki u yetakchi bo‘la olar. U kecha 3 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yganini yuqorida ta’kidlab o‘tdim. Shunchaki, qoyilmaqom natija. U "Barselona"da yetakchi ekanligini his qilmoqda. Niderlandiya safida ham shu holat. Balki liderlik maqomi unga yana ham kuch berayotgandir. Ayni damda Kataloniya klubida katta yulduzlar avvalgilarga nisbatan ancha kam. Shuni inobatga olsak, u yana ham ko‘proq mas’uliyatni bo‘yniga olib, jahon darajasidagi o‘yinsi maqomiga chiqa olar. 

O‘zi shunaqa futbolchilar bor. Ularga boshqaruvni bersa yazshi o‘yin ko‘rsata olishadi. Ikkinchi darajali bo‘lish esa shunchaki, ular uchun emas. Kecha bu ikki yigit maydonni shunchaki yondirib tashladi. Keling ayrim faktorlarni chetga surib qo‘yib, holis fikr bildiramiz. Jahon futbolida qanchadan-qancha shu holatdan aziyat chekkan futbolchilar bor. Kecha shunaqa futbolchilarning iktasi kishanlaridan holos bo‘lib, erkin parvoz qilganiga guvoh bo‘ldim. Bardavom bo‘lsin, shovvozlar.    

                                 

                                                                              Xudayqulov KARIM maqolasi

Kiritildi: 12:04, 08.09.2021.
O'qildi: 4279 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.