Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Mash’al»da ikki nafar murabbiy ish boshladi

«Mash’al»da ikki nafar murabbiy ish boshladi

Baho:
+ | -

Muborakning “Mash’al” klubida ikki nafar murabbiy ish boshlagani haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Otajon Avezov “Mash’al U-21” jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.

U 1980 yil 25 dekabrda tavallud topgan. Futbolchilik faoliyati davomida “Mash’al”, “Buxoro” jamoalarida to‘p tepgan. Birinchi murabbiyi Boris Serostanov.

Bundan tashqari, Eldor Isaboyev endilikda “Mash’al” futbol akademiyasida darvozabonlar murabbiyi sifatida ish olib boradi.

Isaboyev 1989 yil 24 aprelda tavallud topgan. Futbolchilik  faoliyati davomida “Mash’al”, “Neftchi”, "Xorazm", "Andijon", "Lokomotiv-2" jamoalari sharafini himoya qilgan. Birinchi murabbiyi Anvar Jabborov. Bunga qadar Eldor Isaboyev “Yangiyer”da faoliyat olib borayotgandi.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 15:15, 08.09.2021.
O'qildi: 1998 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик