Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Prevyu. "Metallurg" - "Paxtakor"

Prevyu. "Metallurg" - "Paxtakor"

Baho:
+ | -

Qisqa tanaffusdan keyin Superliga 17-turida "Sherlar" Bekobodga safar qilishadi.

Chempionatlar doirasida klublar 49 bor to‘qnash kelishgan. "Sherlar" 41 bellashuvda zafar quchishgan, 4 o‘yinda "Metallurg" g‘olib chiqqan. 4 uchrashuvda jamoalar durang o‘ynashgan. “Paxtakor” 130 gol urib, o‘z darvozasidan 37 to‘p olib chiqqan. "Metallurg"ni ayni paytda Jasur Abduraimov boshqarmoqda. Ushbu mutaxassis oxirgi bir necha yilda "Paxtakor" murabbiylar shtabida faoliyat yuritgandi.

Bekobod jamoasining o‘zaro o‘yinlardagi so‘nggi g‘alabasi 2016 yilgi mavsumda kuzatilib, o‘z maydonida 2:0 hisobida yutuqqa erishgan. O‘zaro bahslarda eng yirik g‘alaba - 6:0 natijasi "Paxtakor"ga tegishli. 2003 va 2006 yillarda "Sherlar" raqibni shunday natijalar bilan dog‘da qoldirishgan.

Toshkentliklarning yirik g‘alabalari soni jami 16tani tashkil qiladi. Bekobodda o‘tgan uchrashuvlarning 18tasida "Sherlar" g‘alaba qozongan, ikki bellashuv durang bilan tugagan bo‘lsa, 4ta to‘qnashuvda "Metallurg" ustun kelgan. Mehmondagi o‘yinlarda 53 gol urilib, 19 to‘p o‘tkazib yuborilgan. Safardagi oxirgi 5ta o‘yinda "Paxtakor" zafar quchgan.

Bellashuvni diskvalifikasiya tufayli o‘tkazib yuboradigan futbolchilar yo‘q.

"Metallurg" va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 10 sentyabr, juma kuni "Metallurg" stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 16:43, 08.09.2021.
O'qildi: 1706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.