Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

APL grandlari rivojida Chempionship effekti

APL grandlari rivojida Chempionship effekti

Baho:
+ | -

Premyer-liga klublari Chempionshipga yosh iqtidorli futbolchilarni ijaraga berishi odatiy tusga kirib qolgan. Trevo Chaloba va shunga o‘xshash bir qancha yosh yulduzlar mamlakatning ikkinchi divizionida o‘z nomlarini sezilarli tarzda qoldirishgani bunga yorqin misol. Stadion.uz quyida shu xususda fikr yuritadi.

1992 yildan buyon xuddi APL singari Chempionship ham Angliya futbol ligalari ichida asosiy musobaqa sifatida tilga olib kelinadi. Xabaringiz bor, Chempionshipdan keyingi turnirlar Liga 1 va Liga 2 nomlari ostida o‘tkazilishi belgilangan. Marketing va moliyaviy masalalar borasida yuqori divizion qolgan ligalarga nisbatan albatta bir bosh ustun. Biroq, so‘nggi yillarda Premyer-liga klublarining Chempionshipga ijara asosida futbolchilar yetkazib berishi tobora ko‘p urfga kirib bormoqda.

Bu esa albatta ushbu turnirning rivojiga ulkan hissa qo‘shishi tabiiy. Quyida bu haqda qisqacha so‘z yuritamiz. Joriy mavsum boshida barchaning diqqat-markazini bir yerda ushlab turgan «Chelsi»ning 22 yoshli markaziy himoyachisi Trevo Chaloba o‘tgan mavsumni Fransiya chempionatida, «Loriyent» jamoasida o‘tkazdi. Ammo bundan oldin u Chempionship klublari - «Ipsvich» va «Xaddersfild»da ijara asosida tajriba to‘plagandi. Shu bilan birga, 2018/19 yilgi mavsumda Chaloba «traktorchi bolalar»ga ligada qolishlariga yordam bera olmadi. Bir yildan so‘ng esa jamoasi safida Chempionshipda arang jon saqlab qolishning uddasidan chiqdi.

Garchi grand klubda o‘ynash tajribasi yo‘qligiga qaramay, Chaloba yuqoridagi jamoalar safida ulkan o‘yin tajribasiga ega bo‘ldi. Natijada yuqori texnik va jismoniy xususiyatlarni o‘zida yetarlicha jamlagan Chaloba Tiago Silvaning asosiy tarkibda yo‘qligidan foydalanib, «Chelsi» safida ikkita uchrashuv o‘tkazishga ulgurdi, oliy divizion tajribasi esa endi o‘yindan o‘yinga shakllanib boraveradi.

Premyer-ligadagi debyut o‘yinida Chaloba «Kristal Pelas» darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘ldi (3:0), shundan so‘ng Tomas Tuxel himoyachini «Liverpul»ga qarshi muhim jangga ham tashlashdan qo‘rqmadi (1:1). Trevo oxirgi ikki mavsumda jami 73 ta o‘yinda maydonga tushdi, ulardan 64 tasi boshlang‘ich tarkibga to‘g‘ri keladi. Mutaxassislar Chalobani Meyson Mauntning izidan boradigan umidli yulduz sifatida taxmin qilishmoqda.

Voqeadan uzoqlashmaymiz, «Chelsi» safida ijaraga berib yuborilgan yigitlardan shuningdek, Meyson Mauntni ham ko‘rsatish mumkin. 2018/19 yilgi mavsumda yosh yarimhimoyachi «Derbi» safida Frenk Lempard bilan birga ishladi. «Chelsi»ga taklif olganida esa uni rahbariyat mamnuniyat bilan kutib oldi. Bunga albatta jamoaga Frenkining bosh murabbiy bo‘lgani ham qaysidir ma’noda sabab bo‘lgani rost. Nima bo‘lgan taqdirda ham Maunt hozirda «Chelsi»ning asosiy tarkibdagi ajralmas o‘yinchisiga aylangan. Darhaqiqat, uning Angliya terma jamoasidagi tutgan pozisiyasini ham alohida ta’kidlash kerak.

«Chelsi» odatda Chempionship klublariga talantli yoshlarni yuborib, tajriba to‘plab olishlariga qulay imkoniyat yaratib beradi. Ushbu tezisni tasdiqlovchi yana bir misol sifatida Kot-d’Ivuarlik ingliz futbolchisi Mark Gexini keltirish mumkin. 2020 yil yanvar oyida tug‘ilgan futbolchi, «ko‘klar» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda Mark «Suonsi»ga ijaraga berildi, u yerda himoyachi tezda o‘z o‘rnini topib ketdi va 18 oy ichida 57 ta o‘yin o‘tkazdi, shundan 56 tasini Gexi asosiy tarkibda boshlagan.

Bu Gexiga boshqa klublarning skautlari e’tiborini jalb qilishga yordam berdi va shu yozda «Chelsi» Markni «Kristal Pelas»ga sotishga rozi bo‘ldi. «Suonsi»ga ijaraga berilishidan oldin ko‘pchilik eshitmagan 21 yoshli futbolchining transferidan «ko‘klar» 21 million funt ishlab topdi. Bu hatto «Chelsi»ning umumiy standartlari bo‘yicha hisoblaganda ham yaxshigina daromad bo‘lgan. Gexining o‘zi hamon «gleyzerlar» lagerida so‘zsiz asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblanadi. Unga londonliklarning yangi murabbiyi Patrik Viyeyra cheksiz ishonch bildirgan.

Ammo «Chelsi» Chempionshipga o‘z iqtidorini berib yuborgan Premyer-ligadagi yagona klub emas. Misol uchun, «Tottenxem» yarimhimoyachi Oliver Skipp bilan shunga o‘xshash ishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. U Premyer-ligadagi debyutini 2018 yil 5 dekabrda 18 yoshida Maurisio Pochettino qo‘l ostida o‘tkazgan. Lekin uning bu yerda umuman ishlari o‘xshamadi va keyinchalik «shporlar»ning birinchi jamoasi uchun vaqti-vaqti bilan maydonga tushadigan vaziyatda qolib ketdi. Biroq «Norvich»ga ijaraga berilganidan so‘ng bu tendensiya mutlaqo o‘zgarib ketdi. O‘tgan mavsum Skipp Chempionshipda 45 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa, ularning 44 tasi asosiy tarkibga to‘g‘ri keladi. Keyinchalik «Tottenxem»ga qaytgan Oliver, «shporlar»ning yangi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santuning ishonchini qozona oldi. U londonliklar safida debyut bahsda ishtirok etdi.

Bu kabi yigitlar quyi ligalarda yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgach, o‘z asosiy grand klublarida "pishib" yetila boshlaydi.

Kiritildi: 06:30, 09.09.2021.
O'qildi: 3145 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.