Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

MDH o‘yinlarida 22-oltin medal: Dzyudochilarimiz jamoaviy dasturda chempionga aylanishdi

MDH o‘yinlarida 22-oltin medal: Dzyudochilarimiz jamoaviy dasturda chempionga aylanishdi

Baho:
+ | -

Qozon shahrida bo‘lib o‘tayotgan ilk MDH o‘yinlarining navbatdagi kuni ortda qoldi. Ahamiyatlisi, bu kun biz uchun dzyudochilarimizning ajoyib g‘alabasi bilan yodimizda qoldi. Reglamentga ko‘ra, ushbu kun dasturida dzyudochilarimiz jamoaviy yo‘nalishda g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Vakillarimiz musobaqani to‘g‘ridan to‘g‘ri yarim finaldan boshlashdi. Ushbu bosqichdayoq ularga jiddiy raqib – mezbon polvonlari to‘qnash keldi. Quvonarlisi, bu juftlikda hamyurtlarimiz 5:2 hisobida ustun kelib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar. Oltin medal uchun kechgan bahsda esa Ozarbayjon termasi 5:3 hisobida taslim etildi.

Shu tariqa, dzyudochilarimiz jamoaviy yo‘nalishdagi g‘alabalari bilan delegasiyamizga 22-oltinni taqdim qilishdi. Shuningdek, hisobimizda 29 ta kumush va 30 ta bronza medallari ham mavjud.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 07:10, 11.09.2021.
O'qildi: 3766 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик