Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Bugun Pro liga II bosqichiga jonli efirda qur’a tashlanadi

Bugun Pro liga II bosqichiga jonli efirda qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 12 sentyabr kuni Pro ligada 18-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Ayni vaqtga kelib Coca-Cola Superliga yo‘llanmasi uchun kurashuvchi 4 ta jamoa alohida ajralib chiqdi. Bular – “Neftchi”, “Dinamo”, “Buxoro” va “Olimpik”. Shuningdek, “Xorazm”, “Yangiyer”, “Aral Samali” hamda “Sho‘rtan” jamoalarining quyi to‘rtlikdan joy olishi oydinlashdi.

“2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar Reglamenti”ga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda ko‘rsatib o‘tilganidek, 18-turdan so‘ng jadval teng ikki qismga bo‘linadi (ikki klub musobaqani muddatidan avval tark etgani inobatga olingan holda). Bunda yuqori to‘rtlik, ya’ni “A” kvarteti Coca-Cola Superliga yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi hamda har bir klub o‘zaro yana 3 ta uy va 3 ta safar — jami 6 ta uchrashuvda maydonga tushadi. O‘z navbatida quyi to‘rtlik, ya’ni “B” kvartetidan o‘rin egallagan har bir klub ham o‘zaro xuddi shu tartibda jami 6 ta uchrashuvda maydonga tushadi.

Bugun Futbol TV studiyasida Pro liga II bosqichiga qur’a tashlanadi. Qur’a tashlash jarayonini soat 19:20dan boshlab jonli efirda tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

Pro liganing mavsum oxiriga qadar bo‘lgan taqvimi bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin. II bosqichi o‘yinlari ketma-ketligi esa ertaga umumlashtirilgan holda O‘zPFL rasmiy saytida e’lon qilinadi. 

 

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:10, 13.09.2021.
O'qildi: 3311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик