Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Mutaxassislar Ronalduning o‘yinining ikki jihatiga e’tibor qaratishgan

Mutaxassislar Ronalduning o‘yinining ikki jihatiga e’tibor qaratishgan

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu “Old Trafford”dagi qaytish o‘yinida nisbatan oddiy gollar urgan bo‘lsa-da, uning o‘yinidagi ikki jihatga mutaxassislar alohida e’tirof qaratishgan.

Birinchisi, Ronaldu yaqqol markaziy hujumchi sifatida harakat qilgan bo‘lsa-da, pozision hujumlarda aksariyat hujumchilar kabi, jarima maydonida uzatmani kutmayapti. Ko‘p hollarda u orqaga yoki qanotga o‘tib, sheriklari bilan qisqa masofaga to‘p oshirishib, keyin ichkariga yugurmoqda. Bunday uslubning foydasi shundaki, so‘nggi pallada jarima maydoniga kirib borayotgan hujumchini ta’qib qilish qiyin bo‘ladi va ko‘p hollarda Ronaldu kerakli nuqtalarga ta’qibsiz yetib borgan. Agar markaziy himoyachilar bilan birga uzatmani kutib tursa, uni qo‘riqlash osonroq bo‘ladi.


Ikkinchisi, buni ancha oldin u bilan birga to‘p surgan futbolchilar ham e’tirof etishdi – “Ronaldu juda aqlli futbolchi, ko‘pincha, u maydonda himoyachilarni o‘rganadi. Agar chap qanotdagi himoyachi abjir bo‘lsa, o‘ng qanotga o‘tib, harakat qilib ko‘radi, u yerdayam “non bo‘lmasa”, raqibning o‘ng-markaziy himoyachisini sinab ko‘radi. O‘yin davomida u albatta raqibning eng ojiz himoyachisini topadi”.

“Nyukasl”ga qarshi o‘yinda qurbon Ayzek Xayden bo‘ldi. Aslida tayanch yarimhimoyachisi bo‘lgan futbolchi “Nyukasl” 5 himoyachi sxemasiga o‘tgani uchun uch markaziy himoyachidan biri bo‘ldi va Ronaldu har ikki golini ham aynan Xaydenni ortda qoldirib urdi. 26 yoshli Ayzek o‘sha kuni maydonda harakat qilgan futbolchilar ichida eng past (4.6) baho oldi.

Aytishlaricha, aynan Xaydenga bostirish kerakligini Ronalduga Sulsher maslahat bergan. Birinchi taym oxirlariga borib, murabbiy Ronalduga qarata, Xaydenga qarshi o‘ynashga urinib ko‘rinishi kerakligi haqida baqirgan.

Qahramon Aslanov

Kiritildi: 15:57, 13.09.2021.
O'qildi: 8008 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.