Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Prevyu. "Paxtakor" - "Navbahor"

Prevyu. "Paxtakor" - "Navbahor"

Baho:
+ | -

Superliga 18-turida "Paxtakor" Toshkentda "Navbahor"ni qabul qiladi.

O‘yinda "Navbahor"dan Mirzohid G‘ofurov diskvalifikasiya tufayli mazkur bellashuvda maydonga tusha olmaydi. Toshkentliklar safida bunday yo‘qotish mavjud emas. Ushbu jamoalar chempionatlar doirasida barcha mavsumlarda ishtirok etib kelishmoqda. Yuqori ligada eng ko‘p to‘qnashuvlar shu ikki klub o‘rtasida kuzatilgan.

Hozirga qadar jamoalar chempionatlarda 61 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "Sherlar" tarafida. 38 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 10 bor raqib bilan durang o‘ynagan va 13 marta imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" darvozasiga 103 gol urilib, 48 to‘p o‘tkazib yuborilgan. 9 bahsda "Sherlar" yirik hisobda ustun kelishgan. Toshkentdagi uchrashuvlarning 25tasida jamoamiz g‘alaba qozonib, 4 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. “Paxtakor” o‘z maydonida oxirgi 24 o‘yinda 22 g‘alaba va 2 durangga erishib, umuman mag‘lubiyatga uchramagan.

Ushbu  jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob - 7:0. Ushbu hisob 2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilib, unda “Paxtakor” zafar quchgandi.

“Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 15 sentyabr, chorshanba kuni 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 20:08, 13.09.2021.
O'qildi: 2295 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик