Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Voleybolchilarimiz Osiyo chempionatining guruh bosqichidagi ishtirokini yakunlashdi

Voleybolchilarimiz Osiyo chempionatining guruh bosqichidagi ishtirokini yakunlashdi

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Yaponiyaning Chiba shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda uzoq yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishyapti.

Bugun vakillarimiz guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. Kuvayt terma jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda vakillarimiz avvalgi bahslarga qaraganda anchayin mazmunli harakat qilishdi. Biroq, xalqaro tajribaning kamligi oxir-oqibat o‘z so‘zini aytdi va quvaytlik voleybolchilar 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 1-partiyasi murosasiz kechib, 29-27 hisobida raqiblarimizning qo‘li baland keldi. 2-partiyada esa hamyurtlarimiz 25:16 hisobi bilan ishonchli tarzda zafar quchishgach, nihoyat terma jamoamiz o‘zining Osiyo chempionatidagi ilk g‘alabasiga erishishiga umid qilayotgan edik. Ammo, so‘nggi ikki partiyada Quvayt terma jamoasi bir xil – 25:21 hisobida g‘alaba qozonib, guruhda 3-o‘rinni egalladi. Qit’a chempionatining “S” guruhi g‘olibi esa Xitoy va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda aniqlanadi.

Kezi kelganda ta’kidlash kerak, o‘zbekistonlik voleybolchilar turli sabablarga ko‘ra 10 yildan oshiq vaqt davomida Osiyo chempionatlarida ishtirok etishmayotgan edi. Xalqaro tajribaning kamligi esa mana shunday paytlarda pand beradi. Qolaversa, terma jamoa o‘zagini ham asosan O‘zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan sportchilar tashkil qiladi. Ajab emaski, qit’a birinchiligidan keyin vakillarimizga xalqaro maydonlarda bo‘lgan talab ortadi. Darvoqe, hozirning o‘zidayoq ko‘plab sportchilarimizga xorijiy klublardan qiziqish bildirilmoqda va tez orada legionerlarimiz soni ortishiga umid qilamiz.

Turizm va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 13:57, 14.09.2021.
O'qildi: 2145 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик