Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Shamil Gazizov: «O‘runov «Ufa»ga qaytishda maoshining bir necha baravar kamayishiga rozi bo‘ldi»

Shamil Gazizov: «O‘runov «Ufa»ga qaytishda maoshining bir necha baravar kamayishiga rozi bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Hamyurtimiz Oston O‘runov oldida katta sinovlar turgani o‘z-o‘zidan ayon. Zero, yosh futbolchining «Spartak»ka transferi omadsiz chiqqach, uning atrofidagi gap-so‘zlar ortib ketdi. Muhimi, O‘runovning Rossiya Premyer-ligasidagi ilk jamoasi «Ufa» unga hamon ishonmoqda.

Yozgi transferlar bozorida tarkib masalasida katta o‘zgarishlarga qo‘l urgan Boshqirdiston jamoasi 12 nafar futbolchi bilan xayrlashib, ular o‘rniga 13 nafar yangi o‘yinchi taklif qildi. E’tiborli tomoni, ufaliklar shuncha futbolchiga umuman pul sarflashmadi. Ya’ni erkin agent maqomiga ega bir qator o‘yinchilar bilan shartnoma tuzishdi, yana ijara kelishuvlariga ko‘proq e’tibor qaratishdi. Xususan, Oston O‘runov shu shart asosida ortga qaytarildi. Oxirgi vaqtlarda «Ufa»ning jiddiy moliyaviy muammolar ichida qolgani haqida ham xabarlar tarqalmoqda. Ta’kidlanishicha, klub baquvvat homiy yordamiga muhtoj. Xullas, 2 yilcha oldin yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashgan «Ufa» endi elitada qolishni o‘ylamoqda. Muhimi, jamoa bosh direktori Shamil Gazizov kelajakka katta umid bilan qaramoqda. U xususan, Oston O‘runovning jamoaga naf keltira olishiga shubhalanmayapti.

- «Ufa» safiga qo‘shilgan yangi futbolchilar mavqesiga qarasak, Oston O‘runovning ortga qaytgani yozgi muddatda asosiy transfer ishi bo‘ldimi?

- Yo‘q, nega? Axir O‘runov yulduz darajasiga yetmagan futbolchi-ku. U hali ham salohiyati katta yosh o‘yinchi. 

- Lekin oxirgi vaqtlarda O‘runovni juda ko‘p muhokama qilishyapti.

- Ha, futbolchi mudom turli gap-so‘zlar markazida. Aslida hammasi boshqacha. Tabiiyki, Ostonni oldinda katta mehnat kutyapti. Aytish joiz, u «Ufa»ga qaytishda, maoshining bir necha baravar kamayishiga ham ko‘ndi. Qolaversa, mutlaqo tekin ijara kelishuvi. Umuman, bu kelishuvning hayratlanarli tomoni yo‘q. Aslini olganda, bu galgi transferlar ancha qiziqarli. Mana, kimlardir birdaniga asosiy tarkibdan joy olishdi, ayrim yigitlar esa hozir tayyorgarlik jarayonini o‘tashyapti. Xullas, hammasi hali oldinda.

- Qiziq, O‘runov masalasida «Spartak» bilan qanday kelishdinglar? Zero, yozning o‘rtalarida Moskva klubining katta talabi tufayli futbolchi uchun kurashdan chetda chiqqan edinglar. Yakunda O‘runovni tekin ijara asosida oldinglar. Yana u 60 foizdan ko‘p uchrashuvda qatnashsa, mavsum yakunida transferini 1 million yevroga sotib olish huquqiga ega bo‘ldinglar...

- Kamiga agar futbolchini xarid qilishga qaror qilsak, «Spartak» to‘lov muddati masalasida ham imtiyoz berishga rozi bo‘ldi.

- O‘runov chindan ham, hali o‘sadigan salohiyati katta iste’dodmi yoki sizga begona emasligi, «Spartak»ka aynan o‘zingiz olib borganingiz uchun uni tashlab qo‘yishni istamadingiz? Chunonchi, hozir ko‘pchilik bu futbolchiga nisbatan ishonchsiz qaramoqda...

- Ha, ayni payt ko‘plab futbolchilarga ishonishmayapti. Biz O‘runovning kelajagi porloq ekanligiga aminmiz. Faqat hali tinmay ishlashi, ter to‘kishi kerak. Oston ayrim xatolarga yo‘l qo‘ydiki, endi ularni tuzatish va qaytarmaslik haqida bosh qotirishi shart. Muhimi, kamchiliklarini bilib oldi va hammasini tushunib turibdi. Umuman, O‘runov - iqtidorli yigit. Bunga shubha yo‘q.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:57, 15.09.2021.
O'qildi: 1770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.