Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Superliga. «Paxtakor» - «Navbahor» o‘yinida penalti bor edimi? Ermatov javob berdi

Superliga. «Paxtakor» - «Navbahor» o‘yinida penalti bor edimi? Ermatov javob berdi

Baho:
+ | -

Kecha O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» — «Navbahor» uchrashuvi 0:0 hisobida o‘z yakunlanganidan xabaringiz bor.

O‘yindagi eng e’tiborli vaziyat 32-daqiqada ro‘y berdi. «Paxtakor» hujumchisi Xolmatov jarima maydonida yiqildi. Dastlab bosh hakam Zokir Qodirov penaltiga ishora qildi. Biroq vaziyat VAR yordamida ko‘rib chiqilgach penalti yo‘q ekanligi aniqlandi va qaror o‘zgartirildi. Ushbu vaziyatga O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov munosabat bildirib o‘tdi:

“Markaziy o‘yinlarda har bir epizod uchrashuvni o‘zgartirib yuborishi mumkin. O‘sha vaziyatda VAR futbolchilar harakatiga to‘g‘ri baho bera oldi va natijada nohaq penalti belgilanishining oldi olindi. VAR aynan mana shunday bahsli vaziyatlarda adolatli qaror chiqarishga xizmat qilgani e’tiborga loyiq. Biz bu boradagi ish sifatini yaxshilash bo‘yicha harakat qilishda davom etamiz. Maqsadimiz bosqichma-bosqich har bir o‘yinda VAR bo‘lishini ta’minlash”, — deydi Ravshan Ermatov.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 14:43, 16.09.2021.
O'qildi: 4243 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик