«Inter» sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte «PSJ» himoyachisi Ashraf Hakimi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«O‘tgan yili «Real» bilan ikkita o‘yin Hakimiyga ta’sir qildi. Men o‘sha uchrashuvlarni juda yaxshi eslayman, lekin u xatolarini tuzatdi. Hakimi Madridga asosiy futbolchi sifatida qaytishni orzu qiladi», – deydi Konte.
Hakimi 2017 yildan 2020 yilgacha «Real» sharafini himoya qilgan, so‘ngra «Inter»ga o‘tgan. 2021 yil iyul oyida u «PSJ» bilan 2026 yilning yozigacha shartnoma imzoladi. Joriy mavsumda Hakimi 7 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urdi.