Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

La liga. «Atletiko» o‘z uyida ochko yo‘qotdi (videosharh)

La liga. «Atletiko» o‘z uyida ochko yo‘qotdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 5-turi doirasida «Atletiko» o‘z maydonida Bilbaoning «Atletik» klubini qabul qilib, durangga imzo chekdi.

Madridliklar bundan 3 kun avval "Portu"ga qarshi Chempionlar ligasi bahsini o‘tkazishgani bois, bu safar ularda biroz toliqish sezildi. Birinchi bo‘lim nisbatan xotirjamroq kechgan bo‘lsa, ikkinchi taym hissiyotlarga boy bo‘ldi.

Ayniqsa, bo‘lim avvalida Anxel Korrea va Inyaki Uilyams qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. Uchrashuvning 75-daqiqasida "Atletiko" hisobni ochishga yaqin keldi, ammo Markosa Lyorentening zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi.

Keyin esa mezbonlar futbolchisi Joau Feliks bir daqiqa ichida ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. Maydonda bir kishi ko‘p bo‘lib qolgan basklar g‘alabani ilib ketishlari mumkin edi. Ammo Asyer Vilyalibrening zarbasiga aniqlik yetishmadi.

Ushbu durang tufayli "Atletiko" o‘z ochkolarini 11taga yetkazib, vaqtinchalik bo‘lsa-da peshqadamga aylandi. "Bilbao" hisobida esa 9 ochko mavjud (4-o‘rin).

Ispaniya chempionati, 5-tur
Atletiko – Atletik 0:0 (0:0, 0:0)
Atletiko – Oblak, Trippyer (Mateus Kunya, 77), Savich, Ximenes, Ermoso, Lodi (Karrasko, 55), Kondogbia (Errera, 55), de Paul, Lyorente, Grizmann (Suares, 55), Korrea (Joau Feliks, 60).
Atletik – Unai Simon, Lekue, Martines, Vivian, Balensiaga, Dani Garsiya (Sarraga, 87), Vensedor (Vesga, 80), Raul Garsiya (Uilyams, 63), Berenger, Uilyams (Vilyalibre, 63), Muniain (Morsilyo, 81).
Ogohlantirishlar: Dani Garsiya (30), Kondogbia (36), Joau Feliks (78), Savich (79), Uilyams (82), Mateus Kunya (89), Ximenes (90).
Chetlatish: Joau Feliks (78).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:31, 18.09.2021.
O'qildi: 4337 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик