Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superliga. «Qo‘qon-1912» - «Andijon»: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

Superliga. «Qo‘qon-1912» - «Andijon»: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 20-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Andijon” bahsi 25 sentyabr kuni Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. “Vodiy derbisi” oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Ustunlik kim tomonda?
Ushbu jamoalar O‘zbekiston chempionati doirasida 27 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 11 tasida jamoamiz g‘alaba qozongan. 7 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. 9 ta bahsda andijonliklar qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati – 44-40 andijonliklar foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” jamoasi 40 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Andijon”ning bu boradagi ko‘rsatkichi – 34 ochkoga teng.

Ushbu jamoalar ishtirokidagi so‘nggi beshta uchrashuvda qayd etilgan natijalar:

05.05.2021. Andijon - Qo‘qon-1912 - 1:2
29.11.2020. Andijon - Qo‘qon-1912 - 0:1
24.08. 2020. Qo‘qon-1912 – Andijon – 2:1
27.11.2019. Andijon - Qo‘qon-1912 - 1:1
31.03.2019. Qo‘qon-1912 – Andijon - 0:0

"Derbi"ni Rahimbek Karimov boshqarib boradi
Coca Cola superligasining 20-turida ishlaydigan rasmiy shaxslar ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra Qo‘qondagi "markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadigan "Qo‘qon-1912" hamda "Andijon" jamoalari o‘rtasidagi "vodiy derbi"sini Rahimbek Karimov boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo‘lishdi.

Coca-Cola Superliga. 20-tur
25 sentyabr, shanba
QO‘QON-1912 – ANDIJON
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Ruslan Samandarov, Obid Jumayev, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Bekzod Aripov

Boshlanish vaqtlari
"Qo‘qon-1912" - "Andijon" uchrashuvi, shanba kuni Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionida soat 16:00da start oladi. Bugun esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari U-21 birinchiligi 20-turida maydonga tushishadi. Mazkur uchrashuv Qo‘qon shahridagi 2-BO‘SM qarashli stadionda o‘tkaziladi. Bahsning boshlanish vaqti – 16:00ga belgilangan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:56, 24.09.2021.
O'qildi: 1678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.