Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-1 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Jasur Jaloliddinov: «Xarakter ko‘rsata oldik»

Jasur Jaloliddinov: «Xarakter ko‘rsata oldik»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" futbolchisi Jasur Jaloliddinov Superliganing 20-turi doirasida bo‘shlib o‘tgan "Mash’al"ga qarshi o‘yinda bitta gol muallifiga aylandi. U kechagi bahs borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Qiziq va qiyin o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborganimiz uchun tavakkal qildik. Himoyaga kamroq e’tibor bergan holda hujumni o‘yladik. Menimcha, bu o‘z samarasini berdi. O‘ylashimcha, xarakter ko‘rsata oldik.

— «Lokomotiv»dagi debyut golingizni urdingiz. Raqiblardan bunchalik oson o‘tib ketishingizni sezganmidingiz?

— Debyut golimni urganimdan xursandman. Hisobda ortda borayotgan paytimizda raqiblar himoyada zich o‘ynay boshlashdi, deyarli 7-8 futbolchi bo‘lib himoyalanishdi. Shu sababli aldamchi harakatlarga e’tibor berish kerak edi. Gol urgan vaziyatda eng to‘g‘ri qaror deb shuni bildim. Asosiysi — o‘ylagan ishim amalga oshdi. Jamoaning g‘alabasida o‘zimning hissamni qo‘shganimdan xursandman.

— Golingizni Islom Qobilovning kechagina tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga bag‘ishladingiz. Buni o‘yin oldidan barcha futbolchilar bilan birga kelishib olganmidingiz?

— Yo‘q, unday bo‘lmagandi. Islom Qobilov bilan birga «Bunyodkor» akademiyasida birga katta bo‘ldik, bir jamoa tarkibida o‘ynadik. U bilan munosabatlarim a’lo darajada. Shu sababli o‘yin oldidan Islomga gol urishga va golni uning farzandiga bag‘ishlashga so‘z bergandim.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 16:36, 28.09.2021.
O'qildi: 2488 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик