Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Oliy liga 2021/22. Futzal chempionatining ilk turiga Farg‘ona mezbonlik qiladi

Oliy liga 2021/22. Futzal chempionatining ilk turiga Farg‘ona mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumi 9 oktyabr sanasida start oladi. Ilk tur uchrashuvlariga Farg‘onadagi «Samo» sport kompleksi mezbonlik qiladi.

Ma’lumki, futzal uchrashuvlari so‘nggi vaqtlarda asosan Toshkent, Olmaliq va Jizzax shaharlarida o‘tkazib kelinayotgandi. O‘zPFL futzalni yanada ommalashtirish yo‘lida qator ishlarni amalga oshirdi.

Jumladan, futzal chempionati «Sport» telekanali bilan hamkorlikda translyasiya qilina boshlandi. Shuningdek, futzal geografiyasini kengaytirish orqali viloyatlarda ham futzal sport turini rivojlantirishga erishish mumkin.

O‘tgan yilning 1 dekabr kuni O‘zPFL rahbariyati Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov qabulida bo‘lib, aynan shu masala xususida fikr almashgandi. Natijada viloyat hokimiyati ko‘magi bilan «Samo» qoplamasi almashtirildi. Qo‘shimchasiga, «Neftchi» futzal klubi Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ilk tur uchrashuvlari Farg‘onada 9-14 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bunda har kuni 3 tadan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan. O‘yinlar 15:00, 17:30 hamda 20:00 da start oladi.

Avvalroq Oliy liga uchun qur’a tashlash marosimi 4 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qilingandi.

Kiritildi: 22:14, 29.09.2021.
O'qildi: 1337 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.