Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

O‘zbek futboli qozoq futbolidan 100 yil oldindami?

O‘zbek futboli qozoq futbolidan 100 yil oldindami?

Baho:
+ | -

Qozog‘istonning "Karavan" media portali o‘zbek va qozoq futbolini taqqoslab, maqola e’lon qildi. Unda muallif o‘zbek futboli 100 yil oldinga o‘tib ketgan, degan fikrni ilgari surgan. Uni tarjima qilgan holda e’tiboringizga havola etamiz.

"Seshanba kuni Yevropa futbolining asosiy voqeasi - "Real"ning Chempionlar Ligasidagi sensasion mag‘lubiyatidir. "Qirollik klubi" o‘z uyida Moldovaning "Sherif" jamoasiga 1:2 hisobida yutqazdi. G‘alabaning asosiy sababchilaridan biri va birinchi gol muallifi Jasur Yaxshiboyev edi. Bu voqea esa o‘zbek futboli qanday qilib qozoq futbolidan yuz yil oldinga o‘tib ketgani haqidagi bahslarni qayta uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. Keling, buni shaxsiy fikr emas, aniq faktlar bilan o‘rganamiz.

Osiyo miqyosida

O‘zbekiston terma jamoasi 1994 yilgi Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgan vaqtda Qozog‘iston umuman turnirda qatnashmagan.

1998 yilgi huddi o‘sha musobaqada Qozog‘iston vakillari guruhdan chiqa olmagan paytda O‘zbekiston chorak finalgacha yetib boradi.

O‘zbekiston bilan rasmiy o‘yinlar

Bu ikki jamoa JCH-1998 saralashida bir guruhdan o‘rin oladi. O‘shanda Olmaota shahrida jangovar durang (1:1) qayd etilgan bo‘lsa, Toshkentda O‘zbekistonga 4:0 hisobida sharmandali tarzda yengilganmiz.

Yoshlar terma jamoasi miqyosida

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikki bor ishtirok etgan va hattoki 2011 yil chorak finalgacha chiqqan. Qozog‘iston yoshlari esa bunday natijalarni faqat orzu qilishlari mumkin.

Hakamlik

O‘zbeklar orasida ketma-ket uchta jahon chempionatida ishlagan va jami 11 uchrashuv bilan turnir tarixida eng ko‘p o‘yinni boshqargan Ravshan Ermatov bor, bizda esa mamlakat chempionatidagi doimiy janjallar bilan o‘tadigan bahslar bor.

Legionerlar

Futbolchilarimizning xorijdagi xarakatlari allaqachon antik davr afsonalariga aylangan. O‘zbekistonda hozirda - "Real"ga gol urgan 24 yoshli Yaxshiboyev va 17,5 million yevro evaziga "Jenoa"dan "Roma"ga o‘tgan Eldor Shomurodov kabi chetda nom chiqargan futbolchilar soni yetarli darajada.

FIFA reytingidagi o‘rin

Ko‘rinishidan, hammasi unchalik qo‘rqinchli emasdek. Biz 120, O‘zbekiston terma jamoasi 84-o‘rinda. Ammo, so‘nggi yillarda biz va O‘zbeklar futboli qanday rivojlanayotganini hisobga olsak kelajakdagi ahvolimiz ancha yomon bo‘lishi mumkin", - deya maqolani yakunlagan caravan.kz.

Abduburxon Mamajonov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:04, 30.09.2021.
O'qildi: 8421 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик