Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bugun Sizni qanday o‘yinlar kutmoqda va ularni nega ko‘rishingiz kerak? (1-qism)

Bugun Sizni qanday o‘yinlar kutmoqda va ularni nega ko‘rishingiz kerak? (1-qism)

Baho:
+ | -

Do‘stlar, quyida APL va La-Liga doirasida bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar haqida qisqacha ma’lumot bermoqchiman. Uchrashuvlarning har biri alohida qiziq. Manzilni esa yaxshi bilasiz – Futbol TV va UzReport TV!

Demak, jonli translyasiyalarni ochib beruvchi o‘yin:

APL 7-tur, “Manchester Yunayted” – “Everton”

Sulsher jamoasi bilan hafta o‘rtasida og‘ir o‘yin o‘tkazdi. Bunday uchrashuv uchun adekvat muxlislar o‘z sevimlilarini maqtashga ham biroz o‘ylanib qolishlari mumkin. Ha, jamoa so‘nggi daqiqalarda g‘alaba golini urib CHL joriy mavsum guruh bosqichidagi ilk 3 ochkosini qo‘lga kiritdi. Lekin, barcha musobaqalarda oliy maqsadni oldiga qo‘yogan klub uchun bu o‘yin normalmi? Bu katta savol, albatta. Boz ustiga, MYU qatorasiga besh o‘yindan beri raqiblari darvozasiga 2 tadan ko‘p gol urolgani yo‘q. Buni qo‘ya turing, jamoa so‘nggi 5 ta bahsning 3 tasida mag‘lub bo‘lgan. Turli musobaqalarda “Yang Boyz”, “Vest Hem” va “Aston Villa”ga imkoniyat boy berilgan. Boshqa tomondan Ronaldu muntazam gol urib turibdi. Krishtianu hatto murabbiylar shtabiga – “agar futbolchilar hujum hududiga, jarima maydoniga to‘pni tez-tez yetkazib turishsa bundan ham ko‘proq gol ura olaman” - deb aytgan. Va hozir mashg‘ulotlarda buning ustida odatdagidan ko‘proq ishlanayotgan ekan. Ko‘ramiz!

Raqib o‘laroq MYU uchun “Everton” anchayin noqulay bo‘lishi mumkin. Boisi, Benites Mersisaydga qaytib, avvaliga ko‘p qavatli uydagi eshiklarni adashtirib boshqa xonadonga kirib qolgan kishidek ko‘ringan bo‘lsa ham, keyinchalik natijalar va maydondagi o‘yin e’tibori bilan hammasi aslida boshqacha ekanini isbotlab ulgurdi. Bir vaqtlar “Leverpul”ni Yevropadagi eng kuchli klub qilolgan ispan hozir yangi jamoasi bilan APL jadvalida 13 ochko to‘plab, bugungi raqibi bilan yonma-yon turibdi. Bu o‘rinda ham boshqa tomondan qarash lozim-ki, “Everton” shu paytgacha hali o‘tgan mavsumni top-10 ro‘yxatda yakunlagan bitta klub bilangina to‘qnashdi. Xullas, qiziq bo‘ladi.

Vaqt: 16:30
Manzil: Futbol TV

“Chelsi” – “Sautgempton”

Bu endi kamida bir sabab bilan favqulodda qiziq o‘yin: Tuxel bilan hammasi joyidami? Tomas o‘zining taktik daho ekaniga hammani shu qadar o‘rgatib qo‘ydiki, “Manchester Siti” va “Yuventus”dan qabul qilingan qatorasiga mag‘lubiyatlar ham keskin ajablantirmoqda. Bo‘lmasa, nomi eslangan jamoalar ham “Chelsi”dan kam bo‘lmagan grand hisoblanadi-ku, axir. Gvardiola va Allegri ham top murabbiy ekaniga shak yo‘q. Shunisi qiziq! endi nima bo‘lganda ham bosim yuzaga kelib bo‘ldi. Muxlislar va jamoatchilik “Chelsi”dan – hammasi joyida, - degan signalni kutishmoqda. Tuxel esa tizimdagi bunday mikro nuqson mavsum avvalida duch kelayotgani uchun quvonsa bo‘laveradi. Agar, xulosalar to‘g‘ri qilinsa, keyin uni to‘xtatish qiyin bo‘lib qolishi hech gap emas.

“Sautgempton”dagi Ralf Xazzenxyuttl Tuxel uchun juda tanish ism. Ular hali Bundesligada ekan bir necha bor to‘qnash kelishgan. Ammo hozir Ralfning ishlari u qadar yaxshi emas. Klub APL bu mavsumida hali g‘alaba qozonmagan 5 jamoa biri. Albatta bunday vaqt yo‘ldan ko‘zi qonga to‘lgan “Chelsi”ning chiqishini hech kim istamasdi-yu, ammo taqvim janobi oliylari so‘rab o‘tirarmidi?

Vaqt: 19:00
Manzil: Futbol TV

“Lids” – “Uotford”

Marselo “Darvesh” Byelsada g‘oyalar inqirozi kuzatilmoqda. “Lids” ham yuqorida eslangan 5 g‘alabasiz klub qatorida turibdi. 3 durang va 3 mag‘lubiyat. Jamoada ijrochilar deyarli o‘sha, biroq kurashuvchanlik yo‘qolgan. Bu “ikkinchi mavsum” sindromiga ham o‘xshaydi. Nima bo‘lganda ham “Uotford”ga qarshi o‘yin juda muhim.

Garchi “Uotford” 7 ochko to‘plab ulgurgan bo‘lsa ham, buni klub uchun taqvimning bo‘shligi bilan izohlayotganlar haq, menimcha. Hozircha jamoa “Tottenhem”dan boshqa jiddiy raqib bilan o‘ynamadi. Bir so‘z bilan aytganda “darvesh”ning mavsumdagi ilk g‘alabasi uchun bundan qulay raqibni topish qiyin.

Vaqt: 19:00
Manzil: UzReport TV

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 12:13, 02.10.2021.
O'qildi: 4082 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.