Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

«Nyukasl» klubi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlar haqida

«Nyukasl» klubi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlar haqida

Baho:
+ | -

APLda yana bir gigant klub paydo bo‘lishi kutilmoqda. Saudiya hukumati Qatarning «BeIN Sports» telekanaliga qo‘yilgan ta’qiqni bekor qilish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng, ziddiyatli masalalar barham topadigan ko‘rinadi. Kechagi voqealardan keyin «Nyukasl» arab shayxlari qo‘liga o‘tganidan barcha xabardor bo‘lsa kerak. Endilikda, klub tubdan isloh qilinishi va o‘sishi aytilmoqda. Klub muxlislari allaqachon Kilian Mbappe kabi katta mablag‘ so‘raydigan yulduzlarni orzu qilishni boshlab yuborgan. Jamoa ustozi Stiv Bryus tez orada ishdan ketishi aytilgan. Muxlislarning 94 foizi uni ishdan ketishiga hayrixohlik bildirishgan. U ketgach, o‘rniga boshqa bir mashhur, tajribali va kuchli murabbiy olib kelinishi kerak bo‘ladi. Quyida shu o‘ringa nomzodlar haqida so‘z boradi.

Antonio Konte (Italiya)

Sobiq «Chelsi» ustozi hozirda ishsiz sanaladi. U o‘tgan mavsumda «Inter»ni chempion qilganidan so‘ng, klubdan ketgandi. 52 yoshli italyan mutaxassisi hozirda teleko‘rsatuvlarda maxsus vakil sifatida ishlamoqda. Ammo unga «Nyukasl» tomonidan taklif etiladigan katta maosh, uni yana futbolga qaytarishi mumkin.

Rafael Benites (Ispaniya)

«Nyukasl» muxlislari Rafa Benitesni yaxshi ko‘rishadi. Chunki u 3 yil davomida jamoa bilan ishlagan va ularda mehr uyg‘ota olgan. Ispaniyalik mutaxassis Mayk Eshli qo‘l-ostida kasalga chalinadi va o‘z ishini tark etadi. 61 yoshli murabbiy bu mavsumda «Everton» bilan yaxshi start namoyish etdi. Rafa «Gudison Park»da ham o‘z ixlosmandlariga ega bo‘ldi. Lekin eski jamoasidan jiddiy taklif berilsa, boz ustiga bu taklif katta mablag‘ni o‘z ichiga olsa, u holda qaytishni o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi.

Frenk Lempard (Angliya)

«Chelsi» afsonasi Frenk Lempard yanvar oyida «Stemford Brij»ni tark etganidan buyon to‘qqiz oydan beri ishsiz sanaladi. Sobiq Angliya termasi yulduzi o‘zi uchun to‘g‘ri keladigan joydan taklif kutmoqda. Agar shunday joy chiqsa, o‘z imkoniyatlarini yana sinashga tayyor bo‘ladi. Balki o‘sha joy «Sent-Jeyms Park» bo‘lar? Yana kim biladi deysiz...

Joze Mourinyo (Portugaliya)

Mourinyo APLdagi ketma-ket uch marta iste’folaridan keyin, hozirda «Roma»da faoliyat yuritmoqda. Uning so‘nggi, «Tottenxem»dagi ishi, ayniqsa sharmandali tarzda yakunlangandi. Shunday bo‘lsa ham u ingliz oliy ligasiga yaxshi taklif orqali qaytish imkoniyatini saqlab turibdi. Unga «Nyukasl» mos nomzod sifatida taklif yuborish ehtimoli mavjud.

Roberto Manchini (Italiya)

Roberto Manchinining nomi va darajasi Italiyani Yevropa chempioniga aylantirganidan keyin, ayniqsa mashhur bo‘lib ketdi. 56 yoshli mutaxassis yana klub boshqaruviga qaytishi mumkin. Va bu qaytish «Nyukasl» tomonidan ta’minlanishi aytilgan. Shu sabab Manchini ham yangi tuzilajak shayxlar jamoasining murabbiyligiga potensial nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:55, 08.10.2021.
O'qildi: 6730 marta.
Fikrlar: 36 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.