Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Desham Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘yindan oldin matbuot anjumanida qatnashdi

Desham Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘yindan oldin matbuot anjumanida qatnashdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Millatlar Ligasining Ispaniyaga qarshi hal qiluvchi o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

"Aminmanki, Ispaniya himoyada 4 nafar o‘yinchi bilan harakat qiladi va hozirgi tarkibimizdan afzallik hamda kamchiliklarni taroziga qo‘yishim kerak. Ular Italiyaga qarshi ko‘proq 4-4-2 sxemasi asosida o‘ynashdi.

Orqadagi uchlik faqat himoya ishlari bilan shug‘ullanmaydi. Bu raqib mudofaasiga xavf soladigan hujumkor blokni yaratishga ham imkon beradi. Bundan tashqari maydon markazida kengroq o‘ynash mumkin".

Desham Grizmanning terma jamoa safidagi 100-o‘yini haqida ham to‘xtalib o‘tdi: Uzoq vaqt safda bo‘lish faqat o‘yinlar soniga qarab baho berilmaydi. Uning samaradorligi, urgan gollari va yuzaga keltirgan xavfli vaziyatlariga qarang. Baxtimizga u jarohatdan holi qoldi va bu davom etishiga umid qilaman. U biz uchun juda yaxshi o‘yin namoyish etadi.

Desham Pogba haqida: Polga himoyaviy majburiyatlarni bermoqchi emasman. U butunlay hujumkor yarim himoyachi va o‘yinda o‘zgarish qila oladi. Ammo, u shuningdek himoyada ham soz o‘ynay oladi.

Desham Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Emerik Laport haqida: U bilan gaplashishga imkonim bo‘lmadi. U uchun xursandman. U Yevroda o‘ynadi. U biz bilan edi, endi esa Ispaniya uchun o‘ynaydi. Bu uning tanlovi va buni hurmat qilaman. Hatto bizning yo‘llarimiz ertaga kesishsa ham, bu uning tanlagan yo‘li.

"Ispaniyani to‘pdan mahrum qilishning iloji yo‘q. To‘pga egalik qilish ularning qonida bor. Siz bosim o‘tkaza olasiz, ammo faqat oldin bo‘lgani kabi emas. Ular hatto bosim ostida bo‘lishsa ham, bundan chiqib keta olishadi. Ular shuningdek, Italiya bilan o‘yinda to‘pni yo‘qotishganda yaxshi bosim o‘tkaza olishdi.

Eng yaxshi tasalli - bu g‘alaba. Yarim final oqshomida ko‘plab o‘yin-kulgu va xursandchilik bo‘ldi. Bu ertasi kuni ham a’lo kayfiyatda bo‘lishimizni bildirardi. Bu hammaga ishonch berdi. Biz ko‘rsatgan sifatdan tashqari, shuningdek ruhiy kuchimizni ham namoyish etdi.

Ispaniya o‘z o‘yin sifatini saqlab qoldi. Bizning tajribamiz ko‘proq, lekin bu bizga hech qanday kafolat bermaydi. Biz u yerga borib sovrinni qo‘lga kiritishimiz uchun barcha to‘g‘ri ingrediyentlarga ega bo‘lishimiz kerak", - dedi Desham.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 23:14, 09.10.2021.
O'qildi: 3365 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.