Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

«Kursisi qimirlaganlar» yoxud yaqin orada ishdan ketishi mumkin bo‘lgan murabbiylar

«Kursisi qimirlaganlar» yoxud yaqin orada ishdan ketishi mumkin bo‘lgan murabbiylar

Baho:
+ | -

Yevropada futbol bo‘yicha yangi mavsum endigina boshlandi, ammo ommaviy axborot vositalari katta umidlar bilan olib kelingan, biroq yaxshi natija ko‘rsata olmayotgan murabbiylarning ishdan ketishi mumkinligi haqida har kuni yozishadi. Bu sport haqiqati: futbolda mag‘lubiyatga toqat qilmaydilar va omadsizlikda birinchi navbatda murabbiylar gunohkorga aylanadi. Aslida ham shunday, jamoa imkoniyatni boy beryaptimi, albatta buni murabbiy o‘z bo‘yniga olishi kerak. Hozir esa, «Stadion.uz» nashri yaqin kelajakda kimlar ishsiz qolishi mumkinligini haqida fikr yuritadi.

Ole-Gunnar Sulsher («Manchester Yunayted»)



Tez orada Sulsher «Manchester Yunayted» murabbiyiga aylanganiga uch yil to‘ladi. Hech kim uni «qizil iblislar» safida bunchalik katta vaqt qolishini kutmagandi. Muvaffaqiyat!

Ammo, uning klubi eng yaxshi tarkibga ega bo‘lishi va moliyaviy holati zo‘r bo‘lishiga qaramay, klub Ole-Gunnar boshchiligida hali hech qanday musobaqada zafar quchmadi. Kichik kuboklar? Yo‘q, yo‘q, biz, Premer-liga yoki Chempionlar ligasi haqida aytayapmiz.

«MYU» yozda trasnfer bozorini «portlatgani»ga qaramay, jamoaga Ronaldu, Sancho va Varan kabi yulduzlarni olib kelsa ham, «Manchester Yunayted»ning o‘yini hamon yaxshi tomonga o‘zgarmayapti. Angliya Premyer ligasida «Aston Villa»ga 0:1 hisobida yutqazgan «qizil iblislar» to‘rt uchrashuvda uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilishdi. Ular allaqachon Liga kubogidan chiqarib yuborilgan va Chempionlar ligasida «Yang Boyz»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishgan edi.

Hozircha vahima qo‘zg‘ashning hojati yo‘q: «Yunayted» turnir jadvalining 4-pog‘onasida va APL chempionligi uchun kurashmoqda. Ammo, norvegiyalikning kursisi qimirlab qolgan. Balki, yaqin kunlarda uning ishdan ketganligidan xabar toparmiz?!

Ronald Kuman («Barselona»)



«Barselona» mavsumni juda yomon boshladi va bu seriya hamon davom etmoqda. Kreslosi uzoq vaqt beri tepranib turgan gollandiyalik murabbiy «ko‘k-anorranglilar» bilan yaxshi natija ko‘rsata olmayapti. Bu holat na muxlislarni, na rahbariyatni xursand qilmoqda.

Ayni paytda, Kumananing yaqin kunlarda ishdan bo‘shatilishi ehtimoli katta. Ba’zi manbalarda aytilishicha, Kataloniya klubi Ronaldni terma jamoalar yig‘ini yakunlangandan so‘ng, ishdan olishi mumkin.

«Barselona» hozir chempionatning 9-pog‘onasida bormoqda va Chempionlar ligasida «Bavariya» va «Benfika» ikki marta qaqshatqich mag‘lubiyat qabul qilib oldi. Bizningcha, uning taqdiri tez orada hal bo‘ladi. Yo ketadi, yoki mavsum oxirigacha «Barsa»da qoladi.

Maks Allegri («Yuventus»)



Allegri yozda «Yuventus»ga qaytdi va ko‘pchilik uning «Come Back» qilishi Turin klubini yana avvalgi holatiga qaytaradi deb umid qilgandi.

Afsuski, mo‘’jiza sodir bo‘lgunga qadar: «Yuve» A Seriyani juda yomon boshladi, musobaqada to‘rtta o‘yinda ikkita ochkoni qo‘lga kiritdi, keyinchalik, «byankonerilar» yaxshilanishni boshlagan bo‘lsa-da, bu oxirgi 60 yildagi eng yomon startdir.

Odamlarga Allegrining o‘yin uslubi yoqmaydi, juda konservativ. Albatta, hech kim bunday mutaxassisni osonlikcha ishdan bo‘shatmaydi, lekin hozir uning ham ishlari joyida emas. Ko‘pchilik mutaxassislar «Yuve»ning yomon natijalarini Ronaldu ketganiga bog‘lashmoqda. Biroq, oldiga katta maqsad qo‘ygan klub, tarkibi havas qilarli darajada bo‘lmagan, «Empoli»ga mag‘lub bo‘lmasligi kerak, chamamizda.  

Mikel Arteta («Arsenal»)



Arteta anchadan beri, o‘ziga vaqt berilishi va hozirda yangi «Arsenal»ni tuzayotgani haqida takrorlamoqda. «Kanonirlar» o‘tgan mavsumda ham yaxshi o‘yin namoyish etmagandi, ammo 2021/22 yilgi Angliya Premyer ligasini ham juda achinarli tarzda boshlashdi. Arteta jamoasi 74 yil oldin APLda o‘ynagan «Brentford»dan «tarsaki» yedi. Umuman olganda, London klubi chempionatning dastlabki 3 uchrashuvida 10ta gol o‘tkazib yuborib, birorta ham gol urishni uddalamadi. Bu 21-asrdagi eng yomon start.

So‘nggi uchrashuvlarda vaziyat biroz yaxshilandi: «Norvich» va «Byornli» ustidan qozonilgan minimalhisobdagi g‘alaba va yaqinda «Tottenxem»ni «tiz cho‘kish»ga majbur etilishi. Ehtimol, bu «kanonirlar»ning Arteta boshqaruvidagi eng yaxshi o‘yinidir?!

Aytgancha, «shporlar» haqida ...

Nunu Eshpiritu Santu («Tottenxem»)



Shimoliy Londonning boshqa klubi «Tottenxem» ham og‘ir kunlarni boshidan kechirmoqda.

Premyer-liganing dastlabki o‘yinlarida g‘alaba qozonganiga qaramay, Nunu boshchiligidagi «shporlar»ning o‘yini muxlislarni unchalik xursand qilmayapti. «Tottenxem» unchalik ta’sirchan emas. To‘g‘ri, klubdan katta narsalar kutish noto‘g‘ri, lekin «Arsenal»dan uchralgan sharmandali mag‘lubiyatchi? Shimoliy London derbisidan keyin, Eshpiritu va uning ishdan ketishi haqidagi xabarlar tez-tez OAV orqali ma’lum qilina boshladi. Balki, yana bir muvaffaqiyatsizlik Nununing so‘ngi uchrashuvi bo‘lishi mumkin.

Balki o‘sha derbi «Qorbobo»ning taqdirini hal qilib qo‘ygandir...

Jamshidbek Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 13:43, 11.10.2021.
O'qildi: 3996 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.