Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Millatlar ligasi nihoyat o‘z nomini oqladi

Millatlar ligasi nihoyat o‘z nomini oqladi

Baho:
+ | -

Klassik final

Millatlar Ligasining uchinchi o‘rin uchun bo‘ladigan o‘yinidan qandaydir umidsizlik uchqunlarini ko‘rish mumkin edi, chunki bu Italiya yoki Belgiyani jiddiy xursand qila oladigan natija bermasligi bor gap. Ammo yakunda jamoalar muxlislarga jangovar futbolni hadya etishdi. Shunga qaramay final oldidan bir nimani taxmin qilish qiyin edi. Garchi yangi turnir bo‘lishiga qaramay, dastavval final biroz ishonchni oqlamayotgandek tuyuldi. Ikkala jamoa ham juda ehtiyotkorlik bilan harakat qila boshladi.

Fransiya xushchaqchaqlik bilan raqibni qarshi olishga harakat qilgan bo‘lsa, ispanlar to‘pni to‘liq nazorat qilish bilan o‘z klassik formulasini namoyon etishga intildi. Ammo zarbalar deyarli ko‘zga tashlanmadi. Birinchi bo‘lim zarbalar statistikasida 2:1 hisobi bilan yakunlandi. Ispanlar darvozaga bitta zarba yo‘llagan xolos. Biroq bu yerda hech qanday aniqlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Ispanlar 87 foizlik ko‘rsatkich bilan aniq passlar ijrosini ta’minlagan bo‘lsa, fransuzlarda bu raqamlar 81 foizga teng edi. Albatta, deyarli to‘pga ega bo‘lmagan jamoa uchun bu ko‘rsatkich ancha yuqori hisoblanadi.

Birinchi bo‘limning asosiy voqeasi sifatida jarohat olgan Varanning almashtirilishini aytish mumkin. Uning o‘rniga Upamekano uchrashuvni davom ettirdi. Shundan so‘ng aksincha, fransuzlarning himoyasi ancha qo‘rqinchli ko‘rina boshladi. Kimdir yana bir muhim voqelik sifatida Lyoris darvozasi tomon birinchi bo‘limda belgilanmagan penaltini eslashi mumkin. O‘shanda jarima maydonchasi ichida to‘p Kundening qo‘liga tekkan edi.

Xolisona fikr bildirilsa, uning pozisiyasini tabiiy deb hisoblash qiyin, lekin hakamlar, shu jumladan VARdagilar ham bu yerda penalti belgilash uchun sabab topa olishmadi. Buning uchun ularga yaqin orada hali ancha vaqt tosh otilishi tabiiy. Uchrashuvning 60-daqiqasiga kelib hisob hali ham kichik ko‘rinishida edi. Biroq omad shu tariqa kichik omillar evaziga fransuzlar tarafiga o‘tib ketavergach, ispanlardan ruhiy ustunlik ham qochib ketdi va yakuniy 20 daqiqa to‘liq raqibga boy berildi.

Fransuz inqilobi

Millatlar Ligasi final bahslarida inqilobiy harakatlarga moyil fransuzlar o‘zlarini haqiqiy risarlardek namoyon etishdi. Bu ayniqsa, Belgiya bilan o‘yinda yaqqol ko‘zga tashlandi. Hamma narsa sokin davom etayotgan payti bu yigitlar keraksiz harakatlarni amalga oshirishni xohlashmaydi. Qandaydir bosimlar, tartibsizlik va raqib hujumlari Fransiyani har doim oldinga chorlab kelgan. Shu sababli ham 0:2ga yutkazayotgan Desham shogirdlari yakunda vaziyatni o‘z tomonlariga og‘dira oldilar. Va bu holatda - o‘tkazib yuborilgan gollar katta motivasiya vazifasini o‘tab berdi. Qizig‘i shundaki, zerikarli o‘yindagi portlash bir necha daqiqalar ichida sodir bo‘lgandi.

Ispanlar bilan o‘yinga qaytamiz.

Dastlab, xabaringiz bor, Ernandes Unai Simon darvozasining to‘sinini juda xavfli poyladi. Keyin esa Oyarsabal ispanlarni darhol hisobda oldinga olib chiqdi va unga javob hujumida Benzema ajoyib zarba bilan hisobni tenglashtirdi. Bu vaziyatdan atigi uch daqiqa o‘tib sodir bo‘lgandi. Bundan 63 daqiqa oldin o‘yin tempi bunaqa ko‘tarilmagani ham albatta qiziq. Shundan so‘ng bahsda xavfli daqiqalar muntazam ravishda ko‘paya boshladi.

Yarim soat ichida zarbalar hisobi 12:12ga, aniq zarbalar bo‘yicha ko‘rsatkich esa - 5:4ga yetdi - Fransiya foydasiga.

Fransiyaning g‘alaba goli - hamma hayratda

Albatta, uchrashuv oxirida Kilian Mbappe tomonidan kiritilgan gol alohida tahlilga loyiq. U va uning jamoasi g‘alaba qozondi, bu - natija. Teo Ernandesning aqlli uzatmasi barchasining poydevori bo‘ldi aslida.

Ernandesning holatida vaziyatga Garsiya ham aralashgan edi. Agar to‘p unga tegmagan bo‘lsa, bu holat Kilianni ofsaydda ushlab turish uchun yetarli bo‘lar edi. Darhaqiqat, yangi qoidalarga ko‘ra, Garsiya to‘pga ongli harakatda bo‘lgani sababli unga bog‘liq kichik rekoshet Mbappening goliga rahna sola olmadi.

Ayrim muxlislar ushbu golni qayta ko‘rib chiqishni talab qilishdi. Maydondagi futbolchilar ham VARdan ofsayd holatini aniqlab berishlarini aytib, qo‘llarini silkitishar edi. O‘z navbatida tabloda VAR golni tekshirayotgani haqidagi klassik yozuv paydo bo‘ldi. Keyin Entoni Teylor maydon markaziga ishora qilib, golni tasdiqladi va maydonda ko‘plab hissiyotlarni keltirib chiqardi: tushunmovchilikdan tortib g‘azabgacha bo‘lgan emosiyalar jilovlandi u yerda.

Qisqa xulosa

Shunday qilib, amaldagi jahon chempionlari Fransiya Millatlar Ligasi ikkinchi mavsumida g‘olib bo‘ldi. Kim ushbu turnirni oddiy va keraksiz maqomda baholashda davom etsa, qattiq adashadi. Buning uchun bir haftaga yaqin vaqt davom etgan yakuniy final bahslarini ko‘rishning o‘zi kifoya qiladi. Undagi shiddat va o‘zaro uzilmas templar oralig‘i muxlislar diqqatini bir nuqtaga qaratib turgan bo‘lsa ajab emas. So‘nggi final hushtaklaridan so‘ng jamoalarning his-tuyg‘ulari qanday kechganini kuzatish alohida voqelik. Albatta, yangi turnir bizga juda ko‘p hissiyotli daqiqalar va soniyalarni olib keldi. Millatlar ligasi ushbu mavsumidan endi o‘rtoqlik uchrashuvlarining shunchaki rasmiy ko‘rinishi degan ta’madan qutuldi deb bemalol ayta olamiz.

Kiritildi: 22:24, 11.10.2021.
O'qildi: 4327 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.