Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Rakurs: Texnik direktorning vazifasi nima?

Rakurs: Texnik direktorning vazifasi nima?

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Mazkur lavozimdagi mutaxassislar faoliyati 30 yilga yaqinlashib qolgan bo‘lsada, ko‘pchilik muxlislar ularning qanday yumushlar bilan shug‘ullanishlari borasida aniq tushunchaga ega emaslar. Ularni asosan futbol direktori, sport direktori, deb yuritishadi. Qolaversa, bu soha vakillariga bo‘lgan klublardagi talab unchalik yuqori emas. Masalan, APL jamoalarining yarmidan ozrog‘i texnik direktor vazifasini bajaruvchi mutaxassislarni yollashgan. Yaqinda OAV e’tibori bilan tasdiqlangan yanglish fikrga ko‘ra, futbolchilar tanlovi uchun texnik direktor mas’ul. Aslida esa, har qaysi klub rahbari va (yoki) ijrochi direktori imkoni boricha o‘z tizimi va ehtiyojiga mos keladigan futbolchini tanlaydi.

Zamonaviy texnik direktor ko‘plab majburiyat va funksiyalarni bajarishi mumkin. Ya’ni, asosiy jamoa o‘yin falsafasi nazoratidan tortib, akademiyaning rivojlanishigacha, mashg‘ulot bazasidagi sharoitdan tortib, o‘yinchilar bilan shartnomalar bandlarini kelishib olish, yangi o‘yinchilar va murabbiylar xaridigacha. Aynan shu sababli barcha klublar muxlislari shunchalik keng vakolatlarga ega bo‘lgan texnik direktorlarga ishonchsizlik bilan qaraydilar. Masalan, «MYU» mart oyida Darren Fletcherni shu lavozimga tayinlaganida, fanatlar taajjublarini yashirib o‘tirmadilar. Natijada, klublar nima uchun texnik direktorlarni ishga oladilar va undan qanday maqsad ko‘zlangan, degan savolga aniqlik kiritish zarurati yuzaga keldi.

Lekin avvalo ozgina tarixga qaytamiz...

Texnik direktor lavozimi Yevropada salkam 30 yil avval paydo bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, bu lavozim sohiblarini asosan milliy assosiasiyalar belgilashar va muayyan muvaffaqiyatlarga erishilgandi. Jumladan, 1995 yilda Shveysariya futbol ittifoqi Xansruyedi Xaslerni texnik direktor lavozimiga tayinlab, unga mustaqil ravishda yangi futbol tizimini shakllantirish imkoniyatini berdi. Xaslerning 15 yillik faoliyati davomida Shveysariyaning tarkibida Xaris Seferovich, Granit Jaka, Rikardo Rodriges kabi o‘yinchilardan iborat 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasi 2009 yildagi jahon chempionatida g‘olib chiqqandi.

Belgiya futbolining hozirgi «oltin avlodi» ham his etish qobiliyati yordamida tushunish oson bo‘lgan qarorlarni qabul qilgan zukko mutaxassis davrida shakllandi. Belgiya futbol assosiasiyasi tomonidan texnik direktor lavozimiga loyiq topilgan Mishel Sablon yon qo‘shnisi bo‘lmish Niderlandiya terma jamoasi, shuningdek, «Ayaks» va «Barselona»dek yorqin klublar qo‘llayotgan 4-3-3 sxemasi asosida mahalliy futbolda islohot o‘tkazdi. Yosh iqtidorlarning jalb etilishi evaziga ichki chempionatning nufuzi ko‘tarilib, unga nisbatan qiziqish kuchaydi. Ana shu ijobiy o‘zgarishlar oxir-oqibat terma jamoani FIFA reytingida yetakchi o‘ringa olib chiqdi.

Asta-sekin APL klublari ham texnik direktor xizmatidan foydalana boshladilar. Lekin har qaysi mutaxassis o‘z klubida muayyan vakolat chegarasida faoliyat yuritishi belgilab qo‘yildi.

Isroillik Avraam Grantning yangi ixtisos bo‘yicha olib borgan ishlari tezda unutildi. «Portsmut» boshqaruvi raisi Milan Mandarich taklifi bilan 2005 yilda ish boshlagan mutaxassis ikki yildan keyin «Chelsi»ga o‘tib ketdi.

Shu paytgacha kelib-ketgan texnik direktorlardan faqat sanoqli kishilargina Shveysariyadagi Xasler va Belgiyadagi Sablon kabi keng vakolatlarga ega bo‘ldilar. Ana shu omadlilardan biri hozir ham APLdagi faoliyatini davom ettirmoqda...

«Liverpul»dagi Maykl Edvards, «Manchester Siti»dagi Chiki Begiristayn va «Everton»­lik Marsel Brandslar ilg‘orlar safida bo‘lsalarda, «Brayton» vakili Den Eshvort hozirda zamonaviy texnik direktorlar o‘rtasida etalon maqomida qolmoqda. Uning samarali xizmatlari tufayli «Ameks» tribunalarida doimiy ajiotaj kuzatilmoqda. Boisi, jamoa muntazam ravishda mazmunli va tomoshabop o‘yin namoyish etadi. Raqobatbardosh tarkib, shinam stadion, a’lo sifatli mashg‘ulot bazasi - aynan shu mutaxassis mehnatining mevalari. Vaholanki, elitaning boshqa jamoalariga nisbatan «Brayton»ning byudjeti o‘ta kamtarin, moliyaviy imkoniyatlari cheklangan. Jadal taraqqiyot yo‘lini tanlagan har qanday klub undan ibrat olsa arziydi.

2017 yilda APLga qaytgan «chag‘alaylar» Angliya terma jamoalari rivojlanish bo‘limi direktori lavozimini tark etgan Eshvortni o‘z saflariga qo‘shib olishgandi. Qizig‘i shundaki, ayni o‘sha pallada OAVda «MYU»ning Eshvortga qiziqishi qizg‘in muhokamada edi. Biroq o‘ychi o‘yiga yetguncha, tavakkalchi ishini bitirdi - «qizil iblislar»ga nisbatan ildamroq harakat qilgan «Brayton» malakali mutaxassisni ilib ketdi. Natija ham kuttirib qo‘ymadi, jamoa elitaga mustahkam o‘rnashib oldi.

«Brayton»da Eshvort ulkan bun­yodkorlik ishlarini amalga oshirmoqda. 50 yoshli mutaxassis yoshligida «Norvich»da himoyachi pozisiyasida to‘p surgandi. Endi u «chag‘alaylar»ning erkaklar va ayollar jamoalariga mas’ul, akademiya faoliyatini nazorat qiladi, tibbiy va ilmiy-sport bo‘limlariga rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, yosh futbolchilar va zaxira o‘yinchilarini ijaraga berish masalalarini hal qiladi. Den bu yumushlarni qay tariqa bajarishini quyidagicha izohlagandi: «Amalda o‘zimni g‘ildiraklar orasida his etaman, vazifam - 7ta turli bo‘limlar va yo‘nalishlar faoliyatini bir maqsadga yo‘llash orqali muvaffaqiyatni ta’minlashdan iborat».

Den Eshvort chindan ham texnik direktor vazifasini ideal darajada bajara olayotgan mutaxassislardan biri. Hatto qo‘shimcha yumushlarda ham tomoshabin bo‘lib qolishni yoqtirmaydi. U o‘z vazifasini quyidagicha tasavvur qiladi:

«Menimcha, texnik direktorning asosiy vazifasi - o‘rtacha va uzoq muddatga mo‘ljallangan loyihalarda klub uchun eng ko‘p manfaat keltiradigan yechimlarni topish. Gap yaqin kunlarda amalga oshiriladigan «ertangi natija» haqida emas, shunchaki, barcha bo‘limlar Xoup Pauell (ayollar jamoasi bosh murabbiyi) va Grem Potterga (erkaklar jamoasi ustozi) maqsadga erishishda yetarli ko‘mak berishlari lozim».

Klub ravnaqi xususidagi sermazmun tezis Eshvortning faylasuflarga xos fikrlashidan dalolat beradi. Uning fikricha, taraqqiyotni yuqoridan pastga qaragan holda muhokama qilish kerak. O‘z vazifalarini ado etish jarayoni esa uzluksiz davomiylikni talab etadi.

«Agar siz bosh murabbiyni har 14 oy yoki shunga yaqin muddatda almashtiradigan bo‘lsangiz, afsucki, APL jamoalarida bu holat ko‘p kuzatiladi, barcha bo‘limlar faoliyatini yagona maxrajga olib kela olmaysiz. O‘yin uslubining tez o‘zgarishi bunga imkon bermaydi. Ijaradan qaytganlarni va akademiya tarbiyalanuvchilarini yangi uslubga moslashga ulgurmaysiz. Chunki har ikki yilda 16-17 nafar o‘yinchini yangi murabbiyning yangi uslubiga o‘rgatish talab etiladi», - deydi Eshvort.

Afsuski, texnik direktorlarning aksariyati Den kabi ochiq fikr bildirmaydilar yoki OAV vakillari bilan muloqot qilmaydilar.

Lavozimlar nomida ma’no yo‘qmi?

Zamonaviy texnik direktor va sport direktori bajarishi shart bo‘lgan vazifalar doimo futbol elitasining tor doirasidan tashqarida bo‘lganlar uchun jumboqligicha qolaveradi. Shu sababli, muxlis va ekspertlar bu soha vakillarining faoliyatiga aniq baho bera olmaydilar.

Ikkinchi tomondan, Den Eshvort va uning o‘tmishdoshlari ibora hech narsani hal qila olmasligini amalda isbotlaganlar. Denning o‘ta samarali faoliyati va klubga ko‘rsatayotgan ta’siri bosh murabbiy bilan direktorlar kengashi o‘rtasidagi aloqa sifatiga bog‘liq ekanligidan dalolatdir. Bu soha mutaxassisi sport, menejment va iqtisodni baravar inobatga olgan holda ish yurita olsa, taraqqiyotni ta’minlay oladi. Faqat shundagina texnik direktor ish beruvchilar, muxlislar va futbolchilarning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘ladi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 12.10.2021.
O'qildi: 1774 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.