Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

«Yangi boylar» yoxud top-klub maqomiga da’vogar «Nyukasl» kimlarni yordamga chaqiradi?

«Yangi boylar» yoxud top-klub maqomiga da’vogar «Nyukasl» kimlarni yordamga chaqiradi?

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni investorlari tomonidan sotib olingan «Nyukasl» Premyer-liga jadvalining so‘ngi o‘rinlarida joylashgan, ammo taxmin qilinishicha, yaqin orada klub top-jamoaga aylanadi. «Stadion.uz» nashri yaqinda «qarg‘alar» lagerida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan mutaxassis va futbolchilar haqida ma’lumot beradi.

«Nyukasl» tez orada katta transferlar amalga oshirishi haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘lmoqda. Saudiya Arabistonidan keladigan katta miqdordagi mablag‘ «qarg‘alar»ni nafaqat Angliyada, balki butun Yevropadagi top-klubga aylantirishi kerak, shuning uchun bu jamoa yaqin kelajakda katta kuboklarga da’vogar jamoa bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda «Nyukasl» APL turnir jadvalida xavfli zonada joylashgan, shuning uchun ular yanvar oyida mashhur xaridlarni amalga oshirishi mumkin.



Transfer oynasi ochilishini bir necha oy kutish kerak bo‘ladi, ammo jamoasi bilan yomon natija ko‘rsatayotgan murabbiyni hoziroq o‘zgartirish mumkin. «Qarg‘alar» va Antonio Kontening ismi allaqachon ommaviy axborot vositalarida yonma-yon tilga olinishni boshladi va bu mantiqan to‘g‘ri keladi. Ammo, italiyalik mashhur futbolchilarni jamoasida ko‘rishni yaxshi ko‘radi va shu orqali tezda natija ko‘rsatishga tayyor. Shunga qaramay, hozirgi paytda u «Nyukasl» postiga kelishni xohlamasa kerak. Boya ta’kidlaganimizdek, Konte yulduzlarga muhtoj, lekin ular hali jamoada yo‘q. Keyinchalik sotib olish sharti bilan Antonioni jamoaga taklif qilish befoyda, chunki Konte yomon natija o‘zining obro‘siga putur yetkazadi deb hisoblaydi.

Katta ehtimol bilan, «Nyukasl»ni futbolda o‘ziga yarasha nom taratgan, ammo hozircha unchalik yaxshi natija qayd eta olmagan mutaxassis boshqaradi. Masalan, Lyusyen Favr, Jennaro Gattuzo, Paulo Fonseka yoki Frenk Lempard. Bizga «Nyukasl»ni jarlikdan qutqaradigan va keyinchalik jamoaga taklif qilinadigan kuchliroq murabbiy uchun asos yaratadigan mutaxassis kerak.



«Nyukasl»ni kim boshqarishi qiziq. Ammo, shunga qaramay, hozirda yulduzlarning katta transferini kutishning hojati yo‘q. Bu yangi loyiha va klub quyi chempionatga tushib ketish xavfi mavjud. Shu sababdan, Erling Xoland yoki Kilian Mbappe, «qarg‘alar» safiga bormaydi. Hech bo‘lmaganda, hozircha bormasligi aniq.

Va shunga qaramay, bugungi kunda «Nyukasl»ga vaziyatni o‘zgartira oladigan, loyihaning ramzi va bayrog‘iga aylanadigan o‘yinchi kerak. O‘z vaqtida «Manchester Siti»ga o‘tishi bilanoq, ketma-ket uchrashuvlarda gol urib, oz vaqt ichida jamoa yetkachisiga aylangan Serxio Aguero singari futbolchi zarur.

«Nyukasl»ga yetakchi va goleadorlik qobiliyati bor ingliz futbolchilari ham zarar qilmaydi. Harri Keyndan umid qilish shartemas, sababi «Tottenxem» hujumchisi sovrinlar uchun kurasha oladigan klubga o‘tmoqchi va «qarg‘alar»dan yaqin bir ikki yilsiz musobaqa oltin medallari uchun harakat qilmaydi. Biroq, «Lids» futbolchisi Kalvin Filipp, «Borussiya D» a’zosi Jud Bellingem yoki «Aston Villa» yetkchisi Olli Uotkinsning transferi ehtimol jamoaga katta yordam berishi mumkin.



Top-klublar zahira o‘rindig‘ida o‘tirgan ba’zi futbolchilarni ham sotib olish variantini ko‘rib chiqish mumkin. «Manchester Yunayted»dan Donni van de Bek, «Barselona»dan Usmon Dembele, «Chelsi»dan Kepa Arrisabalaga va Hakim Ziyesh «Nyukasl»ga o‘tsa, oz fursatda klub yetakchisiga aylanishiga shubha yo‘q.

Keling, ikkinchi darajali klublardan ham taniqli futbolchilar transferini taxmin qilaylik. Masalan, «Real Sosyedad» futbolchisii Mikel Oyarsabal yoki «Fiorentina» yetakchisi Dushan Vlahovich katta ambisiyalarga ega klubga borishi mumkin. Sababi, «yangi boylar»da hali yulduzlar bilan raqobatlashishning hojati yo‘q va ushbu klubga o‘tgan futbolchi darhol yetakchi rolini olishi mumkin.



Umuman olganda, biz hozir shunchaki taxminlarimiz bilan bo‘lishdik. Va shuni ham aytishimiz kerakki, «Nyukasl» ham barcha boy klublarda bo‘lgani kabi yulduzllik kasalligiga duchor bo‘lishi mumkin.
Kutamiz!

Jamshidbek Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 13:06, 12.10.2021.
O'qildi: 4639 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.