Tyerri Anri "Arsenal" Mikel Arteta qo‘l-ostida o‘sayotganiga ishonmaydi. U jamoaning so‘nggi yillardagi o‘yini borasida xavotir bildirdi. 44 yoshli to‘pchilar afsonasi Shimoliy London derbisida ko‘rinish bergandi va jamoasi g‘alabasini stadiondan turib nishonlagan edi. O‘sha o‘yinda eng ashaddiy deb hisoblangan raqib, "Tottenxem" ustidan ishonchli g‘alabaga erishilgan. Keyinchalik, Tyerri Anri keyingi tur o‘yinini kuzata turib, o‘z fikrlarini bildirishga majbur bo‘ldi. "Brayton" bilan kechgan golsiz durang "Arsenal"ni "shporlar"dan yana pastga tushib ketishiga sabab bo‘ldi va birato‘la jadvalni ikkinchi yarmiga keltirib qo‘ydi. "Ameks" stadionida kechgan bahsdan keyin "engilmas"lar afsonasi jamoadagi asosiy zaif nuqtalar qayerda ekanini ko‘rsatib berdi. U o‘z intervyusida quyidagilarni bayon qiladi:
"Men shaxsan hozirda jamoadagi ishlar to‘g‘ri olib borilayaptimi yoki yo‘q, buni bilmayman. Men "Brayton" bilan kechgan bahsni kuzatdim. Siz ham kuzatganmidingiz?
Men "Norvich" mag‘lub etilanini, "Byornli" ustidan g‘alaba qozonilganini va "Tottenxem"ni uyda yer tishlatilganiga guvoh bo‘ldim. Bu oddiy holat va biz "Tottenxem"ni doimo uyda mag‘lub etishga o‘rganganmiz. Men ularni yaxshi formada va o‘rinda ketayotgan paytimiz yutganimizda, ko‘proq xursand bo‘lardim. Ammo keyingi o‘yinda men mehmonda yaxshi o‘yin kutgan edim. Hozirda yaxshi ketayotgan jamoaga qarshi yaxshi o‘yin hoxlagan edim. O‘yin oxirida esa doimgidek hafsalamiz pir bo‘ldi. Men bu o‘yinni xavfli "Brayton"ga qarshi mehmonda to‘pni nazorat qila olamizmi yoki yo‘q, shuni bilishim kerak edi. Men jamoadan ketgan paytlarimda "Arsenal"ning B rejasi bo‘lmaydi" degan gaplar yangrab turardi. Jamoa yaxshi to‘p bilan muomala qilardi. Men ulardan "Brayton" bilan o‘yinda aynan shuni kutgandim. Ammo aksi bo‘ldi. Raqib butun o‘yinni nazorat qildi. Bu jamoaning qayergacha kelgani va qayerga ketayotganidan darak beradi. Men mana shunday o‘yinlarda toblanish muhimligini bilaman".
"Arsenal" 30 noyabrda "Manchester Yunayted" maydoniga safar qiladi. Bu esa jamoaning mavsumdagi eng jiddiy sinovidan biridir. Bo‘lajak o‘yin haqida Tyerri Anri shunday deydi: "Manchesterliklar bizdan ko‘p davrlarda yaxshiroq bo‘lib kelishgan. Har taraflama. Ammo maydonda nima sodir bo‘lishini oldindan aytish juda mushkul. Biz o‘tgan mavsumda so‘nggi 14 yil ichida ilk marta ularning maydonidan g‘alaba bilan qaytgandik. Ammo hatto men o‘ynagan paytlarda ham "Old Trafford"da g‘alaba qozonish juda qiyin ish bulgan. "MYU"da hozir jamoadagi muammolarga yechib bo‘la oladigan Ronaldu bor. Shuningdek, kuchli tarkib ham. Shakllangan jamoaga qarshi, bunga ulgurmagan raqib o‘ynashi kuchlar nisbatini o‘zgartiradi".
Bu o‘yin haqida, shuningdek, sobiq "MYU" himoyachisi Patris Evra ham gapirdi. U shunday fikr bildiradi: "Jamoa har doim "Old Trafford"da o‘z o‘yinini namoyish etib kelgan. Men "Arsenal"ga qarshi bahslarni yaxshi ko‘rardim. Chunki bu jamoani mag‘lub etib, o‘rganib qolgandik. Kelayotgan bahs ham bundan mustasno bo‘lmaydi deb umid qilaman".
Kelayotgan turda "Arsenal" o‘z uyida "Kristal Pelas"ni mehmon qilsa, "MYU" safarda "Lester" bilan bahs yuritadi.
ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi