Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton 1-0 Brentford
27/04 21:30 Alaves 3-0 Selta
27/04 23:45 Lasio 1-0 Verona
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya

"Real Madrid"ga keraksiz yulduzlar haqida...

"Real Madrid"ga keraksiz yulduzlar haqida...

Baho:
+3 | -

 

 

Ayni paytda taktik uslublar futbolchilarning nomidan ustunroq bo‘lib qolmoqda. Ya’ni, biror futbolchini iste’dodi qanchalik yetuk bo‘lmasin, murabbiyning qarashlariga to‘g‘ri kelmasa zaxira o‘rindig‘ida qolishi mumkin.

Hozirgi kunda "Real Madrid" ham aynan shunday yo‘ldan ketyapti: taktika ustunroq. Ya’ni, madridliklar zaxirasida, bir necha mavsumdan buyon taktik sxemalarga tushmayotgan yoxud ayni damda "qirollik klubi"ga keraksiz bo‘lib borayotgan superfutbolchilar mavjud. Keling, ularni birma-bir ko‘rib chiqamiz.

Isko

Ispaniyalik yarimhimoyachi ayni paytda deyarli o‘yinlarda qatnashmayapti. Anchelotti esa allaqachon Federiko, Kamavinga kabi futbolchilarni yarimhimoyaga "joylab" qo‘ygan. Modrich, Kross, Kazemiro kabi almashmaydigan futbolchilar bor ekan Isko yana bir necha mavsum kutishi mumkin. Lekin, ishonib topshirilsa o‘z ishini ideal darajada uddalashi mumkinligini madridlik muxlislar yaxshi bilishadi. 2013/14 yilgi mavsumdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Isko Anchelotti uchun juda zarur futbolchi bo‘lgan. Aynan o‘sha mavsum yakunlariga ko‘ra "Real" safida eng ko‘p maydonga tushgan 3-futbolchi bo‘lgan edi. Anchelottining jamoaga qaytishi Iskoga umid olib keldi. Lekin italiyalik murabbiy taktik sxemasida Iskoga joy ajratmadi. Katta ehtimol bilan Iskoni keyingi mavsum boshqa jamoa libosida ko‘rsak kerak.

Garet Beyl

Kutilganidek, bu ro‘yxatdan uelslik futbolchi ham joy olgan. Bir necha mavsumdan buyon Beyl asosiy tarkibdan joy ololmayapti. O‘yinining sifati, tezligi pastlagani va shuningdek, yosh futbolchilarning o‘yini yaxshilangani "golfchi"ni zaxirada qoldirishga sabablardan bo‘lishi mumkin. Ammo Beylda holat boshqacharoq. Futbolchi intervyularidan birida boshqa jamoaga ketishi haqidagi savolga: "Meni "Real" bilan 2022 yilgacha shartnomam bor. Shartnomam yakunlanganidan keyin kelajagim haqida o‘ylashim mumkin" deb javob bergan edi. Bu holatda, aksincha "Real" jamoadagi eng yuqori maosh oluvchi Garetdan qutila olmayotgandek, go‘yo.


Luka Yovich

"Real Madrid"dan avval "Ayntraxt" klubida Bundesliga grandlarini gollari bilan o‘ziga qaratgan, kelajagi yetuk bo‘lishi kutilgan serb futbolchisi ayni paytda "Real" ning "omadsizlari" ro‘yxatida. Benzema bilan bo‘lajak raqobatga gollari bilan tayyor bo‘lib kelgan Yovich, hozirgi kunda hech qanaqasiga super formadagi fransuzning joyini egallay olmaydi. Boshqa tarafdan qaralganda Luka ilk mavsumining o‘zida Zidan tomonidan zaxiraga mixlangani futbolchi uchun yuk bo‘lib qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Agar, o‘shanda serbiyalikka ko‘proq imkoniyat berilganida hozir boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Xullas, bu futbolchi ham "Real" dan ketishni niyat qilgan. Bu hatto yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin. Eski o‘yinlari va Benzemaning yoshi Yovichni katta ehtimol bilan ijaraga berilishiga sabab mumkin.

Mariano Dias

Krishtianu Ronaldudan keyingi 7-raqam sohibi jarohati tufayli ancha o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Vaholanki, jarohati bo‘lmasa ham Benzemani zaxiraga qoldirib asosiyda tushish imkoniyatlari juda past. Lekin, madridlik muxlislarga ma’lumki, Marianoga berilgan har bir o‘yinda ajoyib daqiqalar o‘tkaza oladi. O‘tgan tranferlar oynasida Diasga bir necha klubdan taklif bo‘ldi ammo futbolchi Madridda zaxirada qoldirilayotganiga qaramay kelgan takliflarga rad javobini berdi.

Marselo

"Real" afsonasi bo‘lishga ulgurgan braziliyalik futbolchi ham so‘nggi mavsumlarda o‘yinni zaxiradan tomosha qilishga majbur bo‘lyapti. Yosh va tezkor Ferlan Mendi va Migel Gutyerrezning tarkibga qo‘shilishi Marseloni zaxiraga yanada yaqinlashtirdi. Ronaldudan keyin, qaysidir ma’noda, o‘yinlarida ma’no chiqmayotganidan so‘ng ko‘pchilik uning "Yuventus"ga ketishi haqida taxmin qilishdi. "Real"ning mehnatlari keraksiz bo‘lsa, afsonalarga-da qanday munosabatda bo‘lishini futbol ixlosmandlari yaxshi biladi. Aynan shu faktorlar bilan Marselo keyingi mavsumda yangi jamoa nomi ostida harakat qilishi ehtimoldan holi emas.

Ushbu futbolchilar "Real" uchun kerakli yoki aksincha, juda muhim ekanligini faqat klubning o‘ziga ma’lum. Biz esa faqat tashqaridan kuzatganlarimizga tayanib taxmin qildik, xolos. Ushbu nomi keltirilgan hech bir futbolchi, aslida, ushbu superklubga shunchaki kelib qolmagan va shu o‘rinda, bekorga zaxirada qolib ketmaydi.

Shuxrat Homidov tayyorladi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:11, 14.10.2021.
O'qildi: 7114 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.