Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Prevyu. 22-tur. "So‘g‘diyona” - “Qo‘qon-1912”

Prevyu. 22-tur. "So‘g‘diyona” - “Qo‘qon-1912”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 22-tur doirasidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvi 16 oktyabr kuni Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 31 marta to‘qnash kelishgan.
O‘yinlarning 9 tasida "Qo‘qon-1912" zafar quchgan, 14 ta bahsda jizzaxliklar qo‘li baland kelgan. Sakkizta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati – 48-35, “So‘g‘diyona” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 35 ochkoni qo‘lga kiritgan. “So‘g‘diyona””ning ochkosi 50 tani tashkil etadi.

“So‘g‘diyona” maydonida o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv:
21.09.2020 «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 3:0
22.06.2019 «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 2:2
19.10.2018 «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 1:0
25.04.2018 «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 1:1
19.11.2017 «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 2:1

Hakamlar
O‘zPFL superliganing 22-tur o‘yinlarida ishlaydigan rasmiylar ro‘yxatini e’lon qildi. Jizzaxda bo‘lib o‘tadigan "So‘g‘diyona" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvini Asker Najafaliyev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo‘ldi. Najafaliyev bungacha jamoamiz ishtirokidagi bitta o‘yinda ishlagan. Coca Cola superligasining 6-turidan o‘rin olgan hamda Asker Najafaliyev brigadasi boshqarib borgan "Qo‘qon-1912" - "Metallurg" o‘yinida jamoamiz 0-1 hisobidan imkoniyatni boy berishgan edi. Bu safar Najafaliyev boshqargan o‘yin biz uchun omadli bo‘ladi deb umid qilamiz. Shuningdek Jizzaxdagi o‘yinda VAR tizimi ham ishlaydi.

Coca Cola superligasi
22-tur
16 oktyabr, shanba
SO‘G‘DIYONA – QO‘QON-1912
Hakamlar: Asker Najafaliyev, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Marat Ismailov
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistent: Timur Gaynullin
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Boshlanish vaqtlari
“So‘g‘diyona” - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi, shanba kuni Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” stadionida soat 18:30 da start oladi. Bugun kuni esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari U-21 birinchiligi 22 -turida maydonga tushishadi. Mazkur o‘yin “So‘g‘diyona” qarorgohidagi stadionida soat 15:00da boshlanadi.

Kiritildi: 07:16, 15.10.2021.
O'qildi: 1375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.