Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Parij-2024 Paralimpiadasi tayyorgarligiga xorijlik mutaxassislarni jalb qilish taklifi ilgari surildi

Parij-2024 Paralimpiadasi tayyorgarligiga xorijlik mutaxassislarni jalb qilish taklifi ilgari surildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Tokio-2020 O‘yinlari Paralimpiyachilarimiz uchun ham iliq taassurotlar bilan yodda qoldi.

Bu gal lisenziyalarimiz va sport turlari geografiyasi ortib, yangi marralar zabt etildi. MOQda bo‘lib o‘tgan bugungi uchrashuvda Paralimpiyachilarimizni Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlariga har qachongidan ham puxta tayyorlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va uning o‘rinbosari Shezrod Tashmatov, MOQ mutasaddilari, shuningdek, Muxtorxon Tashxodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etishdi.

Ma’lumki, Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida vakillarimiz 8 sport turida ishtirok etgan. Bugunga kelib, Paralimpiya qo‘mitasi tizimida 20 dan ortiq sport turi ochilgan bo‘lib, tayyorgarlik qamrovi salmoqli darajada oshadi.

«Paralimpiya o‘yinlari inson matonati, irodasi ulkan ekanini ko‘rsatib berdi. Shu o‘rinda, hamyurtlarimiz ham o‘z ishtiroklari bilan ajoyib natija qayd etishdi. Biroq bu bilan to‘xtab qolishimiz kerak emas. Ko‘plab lisenziya va medal beradigan yo‘nalishlarda xorij tajribasini o‘rganish, ularga mutaxassislarni jalb qilish masalasini ko‘rib chiqaylik. Bu borada Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamkorlikda ishlashga tayyor ekanini bildiradi», – dedi MOQ rahbari.

Manba: @OlympicUz
Kiritildi: 23:50, 15.10.2021.
O'qildi: 1248 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик