Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

«Oltin to‘p-2021» uchun asosiy 5 nomzod. Ularning qaysi biri munosib?

«Oltin to‘p-2021» uchun asosiy 5 nomzod. Ularning qaysi biri munosib?

Baho:
+ | -

Aytish mumkinki, 2021 yilgi «Oltin to‘p» uchun kurash allaqachon qizg‘in pallada. Fransiyaning France Football nashri g‘olib nomini 29-noyabrda e’lon qiladi. Xabaringiz bor, hozirda sovrin uchun nomzod 30 futbolchi bor, lekin ulardan bir nechtasida g‘alaba qozonish uchun asosiy favorit hisoblanadi.

2018 yilda Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning uzoq muddatli gegmonligiga xorvatiyalik Luka Modrich nuqta qo‘ydi. Ammo, kelasi yili Messi o‘zining oltinchi «Oltin to‘pi»ni qo‘lga kiritdi. 2020 yilda sovrin yana Messi yoki Ronalduga berilmasligi mumkin edi, «Oltin to‘p» koronavirus pandemiyasi tufayli hech kimga berilmadi. Joriy yilgi sovrin uchun kurashda argentinalik va portugaliyaliklar yana da’vogarlar qatoridan joy olishdi, biroq bu yil ularga jiddiy raqobat tug‘diradigan futbolchilar bor.

Fransiyaning L'Equipe nashri sovrin uchun asosiy beshta futbolchini nomini ma’lum qildi.

Karim Benzema


«Real Madrid» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi bugungi kunda sovrin uchun asosiy da’vogar. U nafaqat ajoyib o‘yini, balki klub safida ham, terma jamoa ko‘rinishida ham ajoyib to‘purarlik qobiliyatini ko‘rsatmoqda. Uning yaqinda UYEFA Millatlar Ligasi finalida Ispaniyaga urgan goli va termajamoasi bilan kubokni qo‘lga kiritgani buning bevosita tasdig‘idir.

33 yoshida Benzema «Oltin to‘p»ni Fransiyaga qaytarishi mumkin, bu hodisa 1998 yilda Zinedin Zidan kubokni qo‘lga kiritganidan beri boshqa sodir bo‘lmagan. Karim bundan oldin o‘n marta mukofotga nomzod bo‘lgan va uning eng yaxshi natijasi 2014 yilda 16-o‘rinni egallagan.

Bu mavsumda boshqa hech bir futbolchi Karim Benzemadan (10 gol + 7 golli uzatma) ko‘proq gol va assistentlik qilmagan, bunga UYEFA Millatlar Ligasining yarim finali va finalida Belgiya va Ispaniyaga qarshi gollarini qo‘shish kerak. Qolaversa, Millatlar Ligasi sovrini milliy terma jamoa libosidagi birinchi medali bo‘ldi.

Lionel Messi


Argentinalik hujumchi 2019 yilda qo‘lga kiritgan «Oltin to‘p»ning amaldagi egasi. Messi shubhasiz, yana bir muvaffaqiyatni kutmoqda va uning umidlari asosli. 2021 yilda Leonel Argentina terma jamoasi bilan Amerika kubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, qit’a chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Ammo, «Barselona»dagi faoliyati terma jamoadagi kabi omadli kelmadi, lekin baribir u kataloniyaliklar bilan Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. Qolaversa, Ispaniya chempionati eng yaxshi to‘purari sovriniga ham ega chiqdi.  

Robert Levandovski


«Bavariya» va Polsha terma jamoasi hujumchisini «Oltin to‘p» uchun juda ham omadsiz deyish mumkin. Shubhasiz, o‘tgan 2020 yil Levandovski yili edi va natijalariga ko‘ra, ushbu sovrin uchun boshqa munosib da’vogar yo‘q edi. Afsuski, koronavirus pandemiyasi tufayli France Football sovrinni berishdan bosh tortdi va Levandovski ushbu mukofotdan quruq qoldi.

Robert joriy yilda ham taslim bo‘lmadi va yana sovrin uchun asosiy raqobatchilar qatoridan joy oldi. Bu yil Leva «Bavariya» bilan uchta sovrinni qo‘lga kiritdi - Bundesliga, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va Germaniya superkubogi. Shaxsiy yutuqlarda esa polyak Germaniya chempionatida Gerd Myullerning 29 uchrashuvda 41 ta gol urib, afsonaviy rekordini yangiladi. Bunday samaradorlik bilan Levandovski o‘z faoliyatida birinchi marta «Oltin but»ni qo‘lga kiritishi mumkin.

Jorjinyo


Asli kelib chiqishi braziliyalik bo‘lgan italiyalik futbolchi «Oltin to‘p» uchun yana bir asosiy da’vogar. Va shuni ham ta’kidlash kerakki, u qaysidir ma’noda bunga loyiqdir ham. Jorjinyo 2021 yilda «Chelsi» bilan Chempionlar Ligasini yutdi, keyin Italiya terma jamoasi safida Yevropa chempioni bo‘ldi va shundan so‘ng «aristokratlar» bilan birgalikda yana UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi. London klubi safida ham, terma  jamoasida ham Jorjinyo asosiy futbolchi edi. Usiz ikkala jamoaning ham yarimhimoyasini tasavvur qilib bo‘lmaydi.

«Biz orzular bilan yashayapmiz. Ochig‘ini aytaman: hammasi siz tanlagan mezonlarga bog‘liq. Agar biz iste’dod haqida gapiradigan bo‘lsak, men dunyodagi eng zo‘r futbolchisi emasligimni bilaman. Boshqa tomondan, agar siz sovrinlarga qarab tanlasangiz, bu mavsumda mendan boshqa hech kim asosiy favorit emas», - dedi Jorjinyo bir necha oy oldin ....

Krishtianu Ronaldu


Portugaliya milliy terma jamoasi  va «Manchester Yunayted» hujumchisi ham France Football tomonidan beriadigan sovringa da’vogarlardan biri. Beshta «Oltin to‘p» Ronalduga alohida maqom beradi. O‘tgan mavsumda «Yuventus»da Krishtianu yaxshi mavsum o‘tkazmaganiga qaramay, u 33 uchrashuvda 29 ta gol urib, Italiya chempionatini 2020/2021 yilgi eng yaxshi to‘purariga aylandi. Qolaversa, 35 yoshli hujumchi «keksa sinyora» bilan Italiya kubogini qo‘lga kiritdi.

Portugaliya terma jamoasi tarkibida Krishtianu beshta gol bilan Yevro-2020da chexiyalik Patrik Shikni ortda qoldirib, eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Yozgi transfer mavsumi oxirida Ronaldu «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tdi. «Old Trafford»ga qaytishi bilan birinchi o‘yinda dubl qayd etdi. Yangi mavsumda 7 uchrashuvda, 5 gol urishga erishdi.

Qolaversa...

«Oltin to‘p -2021»ga da’vogarlar ro‘yxatini ma’lum qilganimizda, albatta, Kilian Mbappe yoki Ngolo Kante, Erling Xoland va Kevin De Bryuyne kabi futbolchilarni yoddan chiqarmasligimiz kerak. Mazkur futbolchilar ham sovrin uchun nomzodlar hisoblanadi. Sovrin uchun kurash marraga yetib keldi va buni aniqlashga ham oz fursat qolmoqda.



Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Kiritildi: 13:24, 16.10.2021.
O'qildi: 29837 marta.
Fikrlar: 139 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.