Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Regilon «Nyukasl» bilan o‘yinda xushidan ketgan muxlis haqida gapirdi

Regilon «Nyukasl» bilan o‘yinda xushidan ketgan muxlis haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Tottenhem» futbolchisi Serxio Regilon «Nyukasl» bilan o‘yin paytida xushidan ketgan muxlisni ko‘rganidan keyin nimalarni his qilganini aytdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Regilonning ta’kidlashicha hakam uni e’tiroz bildiryapti, deb o‘ylagan va sariq kartochka ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

«Men buni juda tez tushundim. Bir odamni stadion o‘rindiqlarida yotganini ko‘rdim, ikkinchisi esa uni jonlantirishga harakat qilardi. U qimirlamasdi. Men hakamga bir kishi o‘layotganini aytdim, lekin u meni o‘yinga norozilik bildiryapti, deb o‘yladi va sariq kartochka ko‘rsatishiga oz qoldi. Men hakam bilan ingliz va ispan tillarida gaplashdim va iltimos, tezroq defibrillyatorni oling, deb aytdim», — degan «Tottenhem» futbolchisi.

Shuningdek, Serxio juda asabiylashganini aytib o‘tgan. «Umid qilamanki bunday voqea hayotimdagi so‘nggisi», — deb qo‘shimcha qilgan u.

Kiritildi: 16:19, 19.10.2021.
O'qildi: 1341 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик