Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

«Nyukasl» murabbiyi ishdan ketdi. Bryus o‘rniga asosiy 6 nomzod. Ular kimlar?

«Nyukasl» murabbiyi ishdan ketdi. Bryus o‘rniga asosiy 6 nomzod. Ular kimlar?

Baho:
+ | -

Bir necha soatlar oldin «Nyukasl» murabbiyi Stiv Bryus iste’foga chiqarildi. Aslida, klub boshqaruviga Saudiya Arabistoni investorlari kelgandan so‘ng, ushbu hodisa amalga oshishi deyarli aniq edi. «Manchester Yunayted»ning 60 yoshli sobiq himoyachisining ishdan ketishiga sabablar ham yetarlicha topiladi.

Hozircha Bryus murabbiylik faoliyatidagi 1000-o‘yinini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Bu o‘tgan yakshanba kuni «Tottenxem»ga qarshi bo‘lgan uchrashuvida sodir bo‘lgan. Biroq, «Nyukasl» Saudiya Arabistonining yangi xo‘jayinlari qo‘l ostidagi«Sent-Jeyms Park»dagi birinchi uchrashuvda «shporlar»ga 2:3 hisobida yutqazdi. Shubhasiz, bunday natijadan keyin o‘sha bahs Stiv Bryusning «qarg‘alar» boshqaruvidagi so‘ngi o‘yini ekaligini ko‘pchilik anglab yetgan, chamamizda. Hozir esa biz sizlar bilan «Nyukasl» boshqaruviga kim kelishi mumkinligini taxmin qilib ko‘ramiz.

Frenk Lempard


Shu yilning yanvar oyida «Chelsi»dan ishdan bo‘shatilgan Lempard, ayni damda «Nyukasl»da murabbiylik lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Frenkning «ko‘klar» bilan ishlari uncha yurishmadi. Angliyalik boshqaruvida «Chelsi» ketma-ket yomon natija qaytd etdi. Shundan keyin bosh murabbiylik lavozimiga kelgan Tomas Tuxel jamoani birlashtirib, Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi va Premer-ligada ajoyib tarzda yakunladi. Bu bilan nemis mutaxassisi avvalgilariga qaraganda ancha yuqori natijalarga erishdi.

«Nyukasl» - Lempardning ishga qaytishi uchun ajoyib imkoniyat. Lekin saudiyaliklar klubni hali tajribasiz murabbiyga ishonib topshiradimi, yoki yo‘qmi noma’lum.  

Roberto Martines


Martinesning Belgiya terma jamoasidagi davri tugashiga oz qoldi, deb taxmin qilishmoqda. Bunga jamoaning yaqinda UYEFA Millatlar Ligasi finalidagi omadsizligi sabab bo‘lishi mumkin. Avvaliga u yarim finalda Fransiyaga yutqazdi (2:3), keyin uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Italiya terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi (1:2). Shuningdek, Yevro-2020 musobaqasidagi omadsizlik ham bunga yaqqol isboti.

JCH-2018 bronza medali belgiyaliklar uchun yaxshi xotira bo‘lib qolmoqda, biroq terma jamoa muxlislari o‘z sevimlilaridan har doim oltin medallar kutib qoladi.

Roberto Martines «Suonsi», «Uigan» va «Everton» bilan ishlagan va Angliyadagi tajribasini hisobga olgan holda, «Nyukasl»ga juda mos keladi. Shunga qaramay, uning xizmatlariga «Barselona» ham qiziqish bildirmoqda. Agarda, kataloniyaliklar ham Robertoga taklif jo‘natishsa, tarozi pallasi ispan klubi tomonga bosishi mumkin.

Antonio Konte


Italiyalik mutaxassis «Inter»ni A Seriya chempioniga aylantirgan bo‘lsada, o‘tgan yozda, Milan klubini tark etdi va hozirda ishsiz yuribdi. Yaqinda Kontega «Arsenal» shartnoma taklif qildi, ammo u London klubiga rad javobini berdi. Nima uchun? Manbalarning tarqatgan xabariga ko‘ra, Antonio «kanonirlar»ning hozirgi tarkibi muvaffaqiyat qozonishga qodir emasligini his qilgan.

Ha, hozir «qarg‘alar» jamoasi «Arsenal»dan ham yomonroq. Ammo, «Nyukasl»da katta loyihaning istiqboli va buning uchun mavjud imkoniyatlar bo‘lish ehtimoli, mutaxassisga qiziq tuyulishi mumkin.

Stiven Jerrard


Hozirda ingliz mutaxassisi Shotlandiyaning «Reynjers» klubida ishlamoqda. 2020/2021 yilgi mavsum natijalariga ko‘ra, u jamoasi bilan Shotlandiya Premyer-ligasida g‘alabaga qozona oldi. Joriy yilgi mavsumda ham Jerrard va uning shogirdlari muvaffaqiyatni takrorlash uchun bor kuchini ishga solmoqda. Ayni payda ham Stiven boshchiligidagi «Reynjers» milliy chempionat jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Biroq, ingliz Glazgodagi ishidan mamnun va uning Angliya Premyer-ligasida ish boshlashi qiyin masala. Ammo, ko‘p nashrlar Stevenning «Nyukasl»da ish boshlashini taxmin qilmoqda. Ko‘ramiz, ehtimol saudiyaliklarning yaxshi moliyaviy taklifi ingliz murabbiyining fikrini o‘zgartirar?!

Zinedin Zidan



Fransuz mutaxassisi «Real» tarixida eng mashhur shaxslardan biri, chunki u «qaymoqranglilar»ni Chempionlar Ligasida ketma-ket uch marta g‘alaba qozonishiga yordam bergan. Keyinchalik, Zidan bir yildan kamroq vaqt ichida murabbiylik faoliyatida tanaffus qildi va yana Madridga qaytdi. Afsuski, uning «Santyago Bernabeu»ga ikkinchi tashrifi unchalik omadli bo‘lib chiqmadi.

O‘tgan yozda Zinedin Zidan «Real»ni ikkinchi marta tark etdi. Va ajablanarlisi shundaki, u hali ham ishsiz qolmoqdi. Mutaxassislar Zinedin «Nyukasl»ga o‘zining katta tajribasi orqali murabbiylik ta’sirini bera oladi va jamoaga haqiqiy chempionlik ruhini singdira oladi, deb ishonishmoqda.

Eddi Xau


43 yoshli ingliz murabbiyi ham Zidan singari hozirshi kunda ishsiz. 2020 yil avgust oyida «Bornmut» klubini tark etdi. Eddi butun faoliyati davomida avval futbolchi, keyin esa murabbiy sifatida ushbu jamoada ishlagan. U ilk marta «Bornmunt» klubini 2009 yilda boshqargan va Angliya chempionati tarixidagi eng yosh bosh murabbiyga aylangan (o‘shanda u 32 yoshda edi).

Birinchi yili, u klubi bilan Uchinchi ligaga tushib ketdi. Kelasi yili yana ikkinchi ligaga, keyinchalik esa jamoani Premyer-ligagacha olib chiqa oldi. 2020 yilning yozida Eddi «Bornmut»ni elitada ushlab tura olmadi va klub bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keldi.

Xau «Nyukasl»ni Angliyada ham, Yevropa arenalarida ham yuqori darajaga ko‘tarishga qodir aqlli va shijoatli mutaxassis hisoblanadi. Ko‘ramiz, «yangi boylar» rahbariyati ham Eddiga ishonarmikan?!

 Football Transfers nashridan Jamshidjon Mahmudov tarjimasi. 

Kiritildi: 16:47, 20.10.2021.
O'qildi: 4414 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.