Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Barselona"ning sobiq prezidenti Neymar xaridi bilan bog‘liq ish sabab 5 yil muddatga qamalishi mumkin

"Barselona"ning sobiq prezidenti Neymar xaridi bilan bog‘liq ish sabab 5 yil muddatga qamalishi mumkin

Baho:
+ | -

Sobiq "Barselona" prezidenti Sandro Rosell Neymar transferi sabab besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, Rosell 2013 yilda Neymar transferi borasida Braziliyaning "Santos" klubi bilan kelishuvga erishgan.

Unda futbolchi narxi 57,1 million yevro bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi. Neymarning asl narxi esa 86,2 million yevroni tashkil qilgan. Bunda 40 million yevrodan ortiq mablag‘lar Neymarning otasi egalik qiladigan kompaniyaga o‘tkazib berilgan. Bu ishi uchun sobiq prezidentga besh yilgacha qamoq jazosi belgilanishi aytilgan.

Sandro Rosell 2010 yilning iyul oyidan 2014 yilning yanvariga qadar "Barsa" rahbari lavozimida ishlagan. Neymar ishi yakunlangach esa, iste’foga chiqqan.

Manba: futaa.com
Kiritildi: 22:22, 20.10.2021.
O'qildi: 2590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик