Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

«Barselona» Chempionlar ligasidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

«Barselona» Chempionlar ligasidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasida «Barselona» o‘z uyida Kiyevning «Dinamo»ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Kuman shogirdlari birinchi bo‘limda golga tortadigan 4ta vaziyat yaratishdi. Lyuk de Yong tomonidan yo‘llangan bitta xavfli zarbani darvozabon qaytargan bo‘lsa, niderlandiklik forvardning bosh bilan yo‘llagan bitta zarbasiga aniqlik yetishmadi.

Kiyevliklar posboni Bushchan "Barsa" himoyachisi Serjinyo Dest tomonidan yaqini masofadan yo‘llangan zarbani qaytardi. Ammo burchak zarbasidan keyin kataloniyaliklar baribir hisobni ochishdi. Pikening zarbasi qarshiisida ukrainalik posbon ojiz qoldi.

Ikkinchi bo‘limda zaxiradan tushgan Ansu Fati ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi. Ammo u 3 metr masofadan 7 metrli darvozani ishg‘ol eta olmadi.

"Dinamo Kiyev" ikkinchi taymda hujumlarga o‘tib turdi, ammo kiyevliklarga raqib darvozasini zabt etish nasib etmadi.

"Barselona" ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 3taga yetkazib, jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

YECHL, guruh bosqichi, 3-tur
Barselona Ispaniya – Dinamo Kiyev Ukraina 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 36 Pike.
Barselona – ter Stegen, Mingesa (Koutinyo, 46), Pike, Langle, Alba, Buskets, de Yong, Gavi (Serji Roberto, 69), Dest, de Yong (Fati, 46), Depay (Aguero, 75).
Dinamo Kiyev – Bushchan, Kendzera (Timchik, 78), Sirota, Zabarniy, Mikolenko, Sigankov (Karavayev, 85), de Pena (Vitinyo, 61), Sidorchuk, Buyalskiy (Ramires, 85), Shaparenko, Supryaga (Garmash, 61).
Ogohlantirish: Dest (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:47, 20.10.2021.
O'qildi: 2886 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.