Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

YECHL. "Barselona" - "Dinamo Kiyev" uchrashuvidan keyingi fikrlar

YECHL. "Barselona" - "Dinamo Kiyev" uchrashuvidan keyingi fikrlar

Baho:
+ | -

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahsda Jerar Pikening 36-daqiqada kiritgan goli kataloniyaliklarga joriy mavsum YECHLdagi ilk gol, ochko va g‘alabani taqdim etdi. Bunga qadar klub «Bavariya» va «Benfika» jamoalariga bir xil 0:3 hisoblarida mag‘lubiyatga uchragandi.

"Ushbu g‘alaba bizni Chempionlar Ligasida jon saqlab qolishimiz uchun ushlab turadi va hozir ham har qanday narsa bo‘lishi mumkin. G‘alaba uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ammo, bugun o‘yinni yanada yaxshiroq yakunlashimiz kerak edi.

Endi yakshanba kuni bo‘ladigan «el-klasiko» g‘alabadan keyin osonroq o‘tadi.

Bu kabi o‘yinlarda uch yoki to‘rtta gol farqi bilan g‘alaba qozonish lozim. Haqiqiy hujumchilarga xos sifatlarga ega bo‘lmagan futbolchilardan imkoniyatlarni golga aylantirishni talab qila olmaysiz. Biroq, bizda bunday forvardlar bor va ularning ishi - shunday bahslarda vaziyatlarni hal qilish.

Ansu uzoq vaqt davomida safdan chiqdi va o‘yinini kuchaytirishi uchun unga vaqt kerakligi normal holat. U kelasi oyda 19ga kiradi. Bularning hammasi tabiiy. Bugun undan boshqacha katta o‘yin kutgandim. Ammo, endi 19 yoshga to‘ladigan yigitdan mo‘’jizalar kutish to‘g‘ri emas - bu ilojsiz.

Biz g‘alaba qozonishimiz, yaxshi o‘ynashimiz va gollar urishimiz shart bo‘lgan klub edi. Lekin, bugungi bahsdan keyin ham qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bor. «Dinamo»ga qarshi o‘yinda vazifamiz g‘alaba qozonish edi. «Dinamo» mutlaqo hech narsa yarata olmadi, hech qanday xavf yo‘q edi. Boshqa o‘yinlarga solishtirganda, to‘psiz harakat qilish bo‘yicha o‘yinimiz yaxshilandi. Biroq, biz maksimum darajada o‘zimizni ko‘rsata olmadik yoki kamida uchta to‘p farqi bilan yutishimiz kerak edi".

Mazkur bahsda yagona gol sohibi Jerar Pike ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Qayd etish kerak, futbolchi endilikda «Barselona»ning YECHLda gol urgan eng yoshi katta futbolchisi hisoblanadi (34 yosh, 260 kun).

"Bunday natijalar albatta jamoaga «el-klasiko» singari muhim o‘yin oldidan ishonch hosil qilish uchun yordam beradi. Joriy mavsum o‘z maydonimizda ketma-ket uch g‘alaba - bu ajoyib.

Birinchi golsiz va ochkosiz ikki guruh o‘yinidan keyin, ushbu g‘alaba juda ham muhim edi. Mazkur g‘alaba bizga guruhda oxirigacha kurashishimiz uchun imkoniyat berardi. O‘ylaymanki, garchi yanada yaxshiroq qilishimiz mumkin bo‘lsa ham, ishni yaxshi bajardik. «Dinamo» gol urish uchu birorta aniq zarba bera olmadi, ammo ularning himoyaviy o‘yini biz uchun qiyinchilik yuzaga keltirdi".

Manba: uefa.com
Kiritildi: 07:51, 21.10.2021.
O'qildi: 2220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.