Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

YECHL. MYU - "Atalanta" uchrashuvidan keyingi fikrlar

YECHL. MYU - "Atalanta" uchrashuvidan keyingi fikrlar

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi guruh bosqich 3-turi doirasida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida «Atalanta»ni qabul qildi va irodali g‘alabaga (3:2) erishdi.

Mankunianliklarning ikkinchi golini kiritgan jamoa sardori Xarri Maguayr uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi bo‘limda haqiqatan ham ko‘plab vaziyatlar yaratdik, shuning uchun tanaffusga yaqinlashayotganimizda urilgan gol muhim bo‘lishini bilardik. O‘zimizga kerak bo‘lgan ura oldik. O‘ylaymanki, yakunda g‘alabaga haqli erishdik".

Maguayr uchrashuvning 81-daqiqasida bosh bilan gol urib, g‘alaba keltirgan Krishtianu Ronaldu haqida: "Uning yo‘lini ko‘rdim, orqasida turgan edim. Ronalduning sakrashi, vaqtni to‘g‘ri taqsimlashi - u shunchaki bosh bilan qoyilmaqom darajada o‘ynaydi".

"Bu joriy mavsumdagi birinchi va Chempionlar Ligasidagi ilk golim. Shunday ekan, bu men va o‘yinni stadiondan ko‘rgan oilam uchun faxrlanadigan lahza bo‘ldi".

MYU ustozi Ole-Gunnar Sulsher ushbu g‘alabadan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Muxlislar — klubning katta qismi. Bugun kuylagan sektorda bo‘lgan ishqibozlar futbolchilarga ishonch berishdi. Bu "Manchester Yunayted"ni Chempionlar Ligasidagi kechasida ruhlantirdi".

Sulsher Ronalduning o‘yini haqida: "Agar kimdir uning ish hajmi va munosabati haqida tanqid qilsa, bugungi o‘yinni va unda Krishtianuning qancha yugurganini tomosha qiling".

Tanaffus vaqtida shogirdlarimga shunday dedim: "Ishoning, keyingi golni biz kiritamiz. Chunki, o‘yinni o‘z foydamizga hal qilamiz. Boshqa gol o‘tkazib yubormasak, o‘yinda g‘alaba qozonishga ishonchim komil".

«Atalanta» bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini: "Bu jamoaga qarshi, bir lahza hamma narsani o‘zgartirib yuborishi uchun yetarli. O‘ylaymanki, uchinchi golni ham urganimizda, bunga juda yaqin kelgandik - g‘alaba qozongan bo‘lardik.

Bir nechta futbolchilar o‘yinni o‘tkazib yuborishdi, lekin bugun harakat qilganlar ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. «Yunited» kuchli ekanligini bilardik. Shunday o‘yinlardan saboq olamiz, ammo bir muddat o‘rganishdan to‘xtab, uni amalda qo‘llashni istaymiz".

«Atalanta» o‘ng qanot himoyachisi: "Natijadan juda afsusdamiz. O‘yinni tashlab yuborgandek his qilyapmiz. "Manchester Yunayted" singari jamoalarga qarshi suratni yuqori ushlab turishingiz kerak".

Manba: uefa.com
Kiritildi: 09:31, 21.10.2021.
O'qildi: 3930 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик