Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

YECHL. «Zenit» - «Yuventus». Uchrashuvdan keyingi fikrlar

YECHL. «Zenit» - «Yuventus». Uchrashuvdan keyingi fikrlar

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi guruh bosqich uchinchi turidan o‘rin olgan «Zenit» - «Yuventus» o‘yinida Italiya klubi kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda g‘alaba golini kiritgan Deyan Kulusevski o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

"Murabbiy bizdan to‘p bilan yaxshiroq harakatlanishimizni so‘radi. Biz to‘p nazoratini osonlik bilan boy berib qo‘yayotgandik. Yaxshi o‘ynay olmadik, ammo kuchli jamoalar o‘zlarining eng yaxshi harakatlarini ko‘rsata olmagan vaqtlarda ham g‘alaba qozonishni uddalashadi va biz buni uddaladik. To‘p darvozaga borayotganini ko‘rganimda, kirmaydi deb qo‘rqdim. Keyin to‘p to‘rga borib tushganini ko‘rdim va juda xursand bo‘ldim. Bu mening mavsumdagi birinchi golim. Maydonga tushganimda, o‘yinni o‘zgartirishga harakat qildim. Tezda muvaffaqiyatga erishganim yo‘q, o‘ynash qiyin bo‘ldi. Ammo, to‘g‘ri vaqtda tayyor edim".

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri: "Natija ajoyib, chunki biz uch o‘yindan keyin birorta gol o‘tkazmagan holda barcha ochkolarni jamg‘ardik. To‘g‘risini aytsam, o‘yinimiz yaxshi chiqmadi, «Zenit» bo‘sh hududlarni yopishga erishdi va to‘p bilan tez harakat qila olmadik. Albatta, hali ham yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor. O‘yinning oxirgi 30 daqiqaligida chiziqlar orasida va yaxshiroq qaror qilish borasida soz o‘ynashimiz lozim. Dibala o‘zining ijodkorligi bilan bizga yordam berardi, lekin hamma o‘yinchilar shu tuyg‘uni o‘zlarida shakllantirishlari shart".

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Leonardo Bonuchchi: "Og‘ir o‘yin bo‘ldi. «Zenit» to‘pni yo‘qotishi bilan, bo‘sh hududlarni yopib tashladi. Butun jamoa ushbu g‘alabaga haqli, biz o‘zimizda ishtiyoq va sabr qilishni qayta kashf etdik va bu eng muhim jihatlardir.

O‘ylashimcha, hozirda ko‘proq jamoa sifatida o‘ynamoqdamiz. Yaqin o‘tmishda, bu xarakterni yo‘qotib qo‘ygandik, biz buyuk chempion, Ronaldu bilan o‘ynayotgandik va uni yaxshi vaziyatga chiqarishni istardik. Bu yil g‘alaba qozonishimiz uchun kerak bo‘ladigan xarakterni qayta kashf qilmoqdamiz".

«Zenit» ustozi Sergey Semak: "Imkoniyatlar kam bo‘ldi, ammo ikkala jamoa ham vaziyatlar yaratishdi. Baxtga qarshi raqibimiz o‘z golini urdi, biz esa yo‘q. Har bir gol xatolar yig‘indisidir. «Yuventus» «Roma»ga urgan goliga o‘xshash to‘p kiritdi. Chempionlar Ligasi doim ajoyib atmosferani ulashuvchi bazm bo‘lib kelgan. Bunday o‘yinlar orqali bizga rohatlanish imkoniyatini taqdim etadi. Ba’zida yaxshi o‘ynaymiz, ba’zan yomonroq. Lekin, Chempionlar Ligasi o‘yini biz uchun har doim katta hodisa".

Manba: uefa.com
Kiritildi: 10:41, 21.10.2021.
O'qildi: 2147 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.