«Manchester Yunayted»ni kim boshqarishi mumkinligini, qaysi klub Kilian Mbappeni sotib olishga harakat qilmoqda, «Nasaf»ga OFK kubogida kim raqiblik qiladi va yakuniy uchrashuv qachon? «Stadion.uz» nashri ushbu hafta boshidan beri kun sarlavhalaridan tushmay kelayotgan xabarlar haqida to‘xtalib o‘tmoqchi.
«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi.
Ole-Gunnar Sulsher anchadan beri «Manchester Yunayted» bilan ishlamoqda. Norvegiyalik mutaxassis mankunianliklar bilan ko‘plab g‘alabalarga erishdi, ammo «qizil iblislar» hali ham mavsum oxirida Premer-liga va Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritadigan jamoa sifatida e’tirof etilmaydi. Mish-mishlarga ko‘ra, yaqin kelajakda Sulsherni «MYU» murabbiyligidan ketmaydi, lekin «qizil iblislar» rahbarlari jamoa o‘yini yaxshi tomonga o‘zgarmasa, muqobil variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor. Xabarlarga ko‘ra, mankunianliklar allaqachon Zinedin Zidan bilan bog‘lanishgan, bunga Krishtianu Ronaldu yordam bergan. Agar murabbiylar almashinuvi aniq bo‘lsa, aynan fransuz «Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
Messi Ikardini «PSJ»dan ketishini istamoqda.
Lionel Messi va Mauro Ikardi o‘rtasidagi dushmanlik munosabatlari avvaldan ma’lum bo‘lgan. Leo do‘sti Maksi Lopesning turmush o‘rtog‘i Vanda Nara va Ikardi o‘rtasidagi ishqiy-sarguzashtlar boshlangandan keyin, ikki futbolchi o‘rtasida dushmanlik boshlangan. Messi «PSJ»ga o‘tganida Mauro bilan quchoqlashib bir-birlarini iliq kutib olishdi. Shu bilan birga, mish-mishlarga ko‘ra, hujumchilar o‘rtasidagi urush shabadasi hamon esmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, Messi Ikardining «PSJ»dan ketishini xohlamoqda. Qizig‘i shundaki, bu ma’lumot Mauro yana «sariq matbuot» markazida bo‘lganidan keyin paydo bo‘ldi. Ya’ni Vanda turmush o‘rtog‘ini xiyonatda aybladi. To‘g‘ri, rafiqasi va agenti argentinalik hujumchini kechirdi va oila tez orada yana birlashdi. Biroq, Nara Ikardini Italiya klubiga o‘tishini istamoqda. Vaziyat qanday yakun topadi? Qishki transferlar mavsumida kuzatamiz.
Mbappe Ispaniya grandiga o‘tishi aniq(mi?)
Aftidan, Kilian Mbappening «PSJ»dan «Real»ga o‘tishiga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi. Ammo, OAVning yozishicha, «Barselona» ham fransuz futbolchisiga xaridor bo‘lmoqda va asosiy raqibiga qarshi iqtidorli hujumchi uchun kurashda g‘olib bo‘lish uchun harakatni boshlamoqchi. Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, kataloniyaliklar kelasi yoz transfer bozorida hech bo‘lmaganda bitta yirik transferni tuzishga tayyorligini ma’lum qilmoqda. Mbappe uchun kurashda ular «Real Madrid» bilan solishtirganda, kattaroq bonus taklif qilishdi. Ya’ni, agar Kilian shartnomasi yakuniga yetgandan so‘ng, «Barsa» bilan shartnoma imzolasa, 90 million yevro bonus oladi. Madridliklar taklif qilgan summa esa 50 million yevronitashkil qiladi.
Ronaldu «Yuventus» qadriyatlarini hurmat qilmagan.
«Ronaldu ertaroq ketsa yaxshi bo‘lardi, shunda biz mavsumga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lardik», deb intervyu berdi Jorjo Kyellini. Mish-mishlarga ko‘ra, Krishtianu Ronalduning borligi «Yuventus»ning kiyinish xonasida asabiylik va keskinlikni keltirib chiqargan. «Keksa sinyora» jamoasida har doim «tenglik, birlik va kamtarlikni» kabi qadriyatlarni qadrlashgani aytiladi. Bu tamoyillarga Gonsalo Iguain va Karles Teves kabi yomon xarakterli futbolchilar ham amal qilishgan, lekin Ronaldu emas bunga bo‘ysunishni istamadi. Aytishlaricha, portugaliyalik o‘z qoidalari bo‘yicha yashagan va ishlagan, hech qachon «jamoaning bir qismi» bo‘lmagan. Krishtianu Angliyaga ketgach, «Yuventus» yechinish xonasida hamma yengil nafas olishni boshlagan.
«Nasaf» o‘z tarixida ikkinchi bor OFK finaliga yo‘l oldi.
Yil boshida Olmaliqning AGMK jamoasi Qatarning «Al-Garafa» klubini OCHL saralashining pley-off bahsida 1:0 hisobida mag‘lub etib, guruh bosqichiga yo‘l oldi. Mirjalol Qosimov shogirdlari bu g‘alaba evaziga nafaqat OCHL guruh bosqichiga yo‘llanma oldi, balki o‘tgan mavsum Superligada kumush medalini qo‘lga kiritgan «Nasaf» klubining OFK kubogida ishtirok etishiga ham sababchi bo‘lgandi.
Shunday qilib, «Nasaf» OFK kubogining yangi mavsumida «F» guruhida o‘yndi. Ushbu «kvartet»da «Nasaf» (O‘zbekiston), «Oltin Asr» (Turkmaniston), «Xo‘jand» (Tojikiston) va «Oloy» (Qirg‘iziston) jamoalari joylashdi.
Qarshiliklar guruh bosqichida «Oltin Asr» 2:0, «Xo‘jand»ni 3:0 va guruhning so‘ngi uchrashuvi «Oloy»ga qarshi bahsda 4:0 hisobida zafar quchdi.
Pley-offda qarshiliklar «Axal»ni 3:2, Hindistonning «Mohun Bagan» klubini 6:0 hisobida mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Ushbu bosqichda «ajdarlar»ga Gonkongning «Li Man» jamoasi raqiblik qildi. Ikki kun avval Qarshi klubi o‘z maydonida gonkongliklarga qarshi o‘ynab, irodali tarzda 3:2 hisobida mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi.
Finalda «ajdarlar»ga raqib bo‘ladigan jamoa Bahraynning «Al Muharraq» jamoasi bo‘ladi. Final uchrashuvi 5 noyabr kuni «Al Muharraq» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi