Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Superliga. "Mash’al" – "Navbahor" o‘yinida kuchlar teng keldi

Superliga. "Mash’al" – "Navbahor" o‘yinida kuchlar teng keldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatida 23-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Turning navbatdagi uchrashuvi Muborak shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar "Mash’al" Namangandan tashrif buyurgan "Navbahor" klubini qabul qildi. O‘yinda 0:0 hisobidagi nursiz durang qayd etildi.

“Mash’al”ga qarshi bahsni odatiy tarzda ehtiyotkorlik bilan boshlagan “lochinlar” raqib jamoa tomonidan uyushtirilgan hujumlarni tartibli o‘yin evaziga bartaraf etib, imkon tug‘ilgan pallada oldinga intilishdi. Ta’kidlash joizki, dastlabki bo‘limda muborakliklar O‘tkir Yusupov qo‘riqlagan darvozani asosan uzoq masofalardan nishonga olishga urinishdi, lekin ularning harakatlariga aniqlik yetishmadi. Tomonlar birinchi bo‘limni golsiz yakunlashdi.

Ikkinchi 45 daqiqalikda o‘yin tempi biroz oshdi, jamoalar tashkil etgan hujumlar xavfi ham shunga yarasha ortdi. “Mash’al”da zaxiradan maydonga tushgan Godvin Okvara Chika 67-daqiqada qulay imkoniyatga ega bo‘lib, darvoza tomon zarba yo‘lladi, lekin Yusupov odatdagidek, faollik ko‘rsatib, to‘pni egallab oldi. 71-daqiqada esa, endi “lochinlar” sardori Azimjon Ahmedovning kuchli va aniq zarbasi yo‘liga muborakliklar posboni to‘g‘anoq bo‘ldi.

Xullas, uchrashuv chin ma’noda, teng kurashlar ostida kechgan bo‘lsada, futbolchilarga darvozalarni ishg‘ol qilish nasib etmadi. Hakamning final hushtagi chalinganidan keyin tabloda porlab turgan 0:0 hisobi tomonlarning o‘z jamg‘armalariga bir ochkodan qo‘shib qo‘yishlarini anglatardi.

Mazkur durangdan so‘ng “Navbahor” ochkolarini 33 taga yetkazib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, turnir jadvalida “Lokomotiv”dan o‘zib, 6-o‘ringa joylashdi.

Coca Cola Superliga. 23-tur

23 oktyabr (shanba)

“Mash’al” – “Navbahor” – 0:0

Muborak. Bahrom Vafoyev nomidagi stadion. 325 tomoshabin

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Bektursin Kannazarov, Jalg‘asbay Sarsenov, Shuhrat Rajabov.

“Mash’al”: 35.Dostonbek To‘xtaboyev,2. Zafarbek Akramov (77.Ibrohim No‘’monov, 64), 5.Najmiddin Normurodov, 9.Oybek Nurmatov (97.Ruslan Hojiyev, 74), 11.Samuel Ononivu Chigozi, 13.SHahzod Shaymanov (15.Muhammadali Aliqulov, 74), 17.Jamoliddin Ubaydullayev, 22.Sirojiddin Qo‘ziyev, 23.Samandar Shukurullayev, 27.Muhammad Yo‘ldoshev (19.Qahramon Bahodirov, 74), 99.Jahongirbek Abdusalomov (10.Godvin Okvara Chika, 60).

“Navbahor”: 1.O‘tkir Yusupov, 4.Boyan Siger, 7.Azimjon Ahmedov (28.Ilhomjon Alijonov, 89), 9.Ivan Solovyov, 17.Ehsoni Panshanbe, 19. Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davronbek Hoshimov, 70.Abbosjon G‘ulomov (8.Sardor Telyakov, 74), 88.Boyan Naydenov, 95.Zabihillo O‘rinboyev (20.Ibrohim G‘anixonov, 66).

Ogohlantirishlar: Shahzod Shaymanov (23), Zafarbek Akramov (44), Godvin Okvara Chika (90+1) – Davronbek Hoshimov (66).

Chetlatish: Davronbek Hoshimov (90+3, ikkinchi sariq, "Navbahor").

Manba: Навбаҳор клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 19:24, 23.10.2021.
O'qildi: 2513 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.