Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

«Kamp-Nou»da «Real Madrid» «Barselona»ni ayamadi

«Kamp-Nou»da «Real Madrid» «Barselona»ni ayamadi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasi 10-turidan o‘rin olgan eng markaziy uchrashuv yakunlandi. «El-klasiko» maqomida o‘tadigan «Barselona» – «Real Madrid» bahsida madridliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlabki 45 daqiqalikni Madrid klubi 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunladi. Anchelotti jamoasi bahsning 32-daqiqasida qarshi hujum uyushtirishdi va hisobni ochishdi. Rodrigo Goesning uzatmasidan keyin himoyachi David Alaba raqib jarima maydoniga kirar-kirmas olis burchak sari aniq va kuchli zarba berdi. Ter Shtegen esa to‘pga tashlandi, ammo uni qaytara olmadi.
Bahsning ikkinchi bo‘limi teng-kurashlar ostida boshlandi va har ikkala jamoa ham raqib jarima maydoni atrofidan o‘z omadini sinab ko‘rishdi. Ammo, taym oxirigacha ikki jamoaga ham gol urish nasb qilmadi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarning «Barsa» himoyachilarining e’tiborsizligidan foydalangan Marko Asensio chap qanot bo‘ylab qarshi hujumga o‘tib ketdi. Ammo, uning zarbasi yo‘liga Ter Shtegen to‘g‘anoq bo‘ldi. Biroq, qaytgan to‘pni Vaskes bo‘sh darvozaga kiritdi – 0:2. Oradan bir necha daqiqa o‘tgandan so‘ng, «ko‘k-anorranglilar» o‘ng qanotdan hujum uyushtirishdi va vaziyatni Aguero gol bilan yakunlab, klub safidagi debyut golini kiritdi – 1:2. Bahsning qolgan daqiqalarida gol urish hech qaysi jamoaga nasib qilmadi.

«Barselona» – «Real Madrid» - 1:2

Gollar:  0:1 – 32 Alaba, 0:2 – 90 Vaskes, 1:2 – 90+7 Aguero

Barselona – ter Stegen, Mingesa (Koutinyo, 46), Pike, Erik Garsiya, Alba, Buskets, de Yong (Serdji Roberto, 77), Gavi, Dest, Depay, Fati (Aguero, 74).

Real Madrid – Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes, Benzema, Vinisius Junior, Rodrigo (Valverde, 72).

Ogohlantirishlar: Pike (58), Mendi (80).

Kiritildi: 21:29, 24.10.2021.
O'qildi: 4120 marta.
Fikrlar: 50 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.